Madaniyat
O‘zbekiston va Turkiya hamkorligida suratga olingan «Mendirman Jaloliddin» serialining 13 qismdan iborat birinchi fasli tomoshabinlar e’tiboriga havola etilgan edi. Tabiiyki, ko‘pchilikda filmning davomi qachon suratga olinishiga qiziqish yuqori. Bu borada Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov vazirlikning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifasida o‘z fikr-mulohazalarini bildirib o‘tdi.
— Turkiyaga safarimiz davomi Mehmet Bozdag‘ taklifiga binoan, Ozarbayjon Madaniyat vaziri Anar Kerimov bilan birgalikda “Bozdag’ film” kinokompaniyasining suratga olish maydonchasida bo‘ldik.
Aytish mumkinki, o‘zbek kinomuxlislari qalbidan chuqur joy olgan "Ertug‘rul", “Ertug‘rul Dirilish”, ”Qurilish.Osman”, “Mendirman Jaloliddin” kabi tarixiy seriallar tasvirga olingan ushbu maydonga kirgan kishi o‘zini o‘tmishga tushib qolgandek his qiladi. Beixtiyor ko‘z oldingizda o‘sha davr gavdalanadi.
Ana shunday taassurotlardan so‘ng, Mehmet Bozdag‘ bilan “Mendirman Jaloliddin” serialining ikkinchi mavsumini suratga olish haqida ham fikr-mulohazalar almashdik. O‘ylaymizki, tez fursatda bu boradagi yangiliklardan xabardor qilamiz, — deydi Ozodbek Nazarbekov, Madaniyat vaziri.
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q