Sirdaryoda “Maʼnaviyat festivali” doirasidagi tadbirlar davom etmoqda

Saqlash
22:39 / 13.10.2022 1360 0

Avvalroq, 11–15-oktabr kunlari Sirdaryo viloyatida “Yangi Oʻzbekistonda el aziz, inson aziz” shiori ostida maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlardan iborat “Maʼnaviyat festivali” boʻlib oʻtayotgani, viloyatning Boyovut, Sayxunobod, Sardoba, Guliston, Xovos, Oqoltin, Mirzaobod, Sirdaryo tumanlaridagi mahallalarda xalq bilan davra suhbatlari, ijodiy uchrashuvlar koʻtarinki ruhda oʻtkazilgani haqida xabar bergandik.

 

 

Bugun festival doirasida Oʻzbekiston xalq artistlari, ziyolilar, olimlar, “Maʼrifat” targʻibotchilar jamiyati aʼzolari Guliston shahridagi 17-MTTda boʻlib, “Zukko Bolajon!” fotoalbomining taqdimotida ishtirok etdilar.

 

 

Taqdimotni Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi rahbari, senator Minhojiddin Hojimatov ochib berib, bolajonlarga iliq tilaklarini bildirdi.

 

 

Xovos tumanidagi Mustaqillik, Afrosiyob va Yangiyer mahallalarida istiqomat qiluvchi aholiga “Maʼrifat soati” tashkil etildi.

 

 

Uchrashuvlarda aholi, ayniqsa, yosh avlod qalbida vatanimiz taqdiri va kelajagi uchun daxldorlik hissini yanada kuchaytirish, ularni zamonaviy bilim va tajribalar, milliy va umumbashariy qadriyatlar asosida tarbiyalash, fuqarolarimizning ongu tafakkuri, dunyoqarashini yuksaltirish, mafkuraviy immunitetni mustahkamlashga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

 

 

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//