Shavkat Mirziyoyev Turkiya Prezidenti bilan uchrashdi

Saqlash
19:12 / 13.10.2022 1066 0

Shavkat Mirziyoyev Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari boʻyicha kengash sammiti doirasida Turkiya Prezidenti Rajab Toyyib Erdoʻgʻon bilan uchrashuv oʻtkazdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

 

Maʼlum qilinishicha, uchrashuvda keng koʻlamli strategik sheriklik munosabatlari va koʻp qirrali hamkorlikni yanada mustahkamlash yuzasidan oliy darajada erishilgan kelishuvlarning amalga oshirilishi koʻrib chiqilgan.

 

Foto: Prezident matbuot xizmati

 

Qoʻshma investitsiya loyihalarini ilgari surish va yangi ishbilarmonlik tashabbuslarini amalga oshirish, Turkiya yetakchi kompaniyalarining mamlakatimizdagi davlat korxonalarini xususiylashtirish jarayonidagi ishtirokiga alohida eʼtibor qaratildi.

 

Faol gumanitar almashinuvlarni, eng avvalo, madaniyat va taʼlim sohalarida davom ettirish muhimligi qayd etildi.

 

Joriy yil noyabr oyida Samarqand shahrida oʻtkaziladigan Turkiy davlatlar tashkilotiga tayyorgarlik masalalari muhokama qilindi. Vazirlarning “Oʻzbekiston-Turkiya-Ozarbayjon” formatidagi muntazam uchrashuvlari doirasida samarali muloqotni kengaytirishga kelishib olindi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//