“Oʻzgidromet” kutilayotgan qish mavsumi uchun taxminiy prognozini eʼlon qildi

Saqlash
19:10 / 13.10.2022 1091 0

Iqlim maʼlumotlari tahlili va yetakchi jahon markazlari tomonidan 2022-2023-yillar qish mavsumi uchun tuzilgan dastlabki hisoblariga koʻra, qish mavsumi oʻrtacha koʻp yillik qiymatlar atrofida, undan biroz koʻp hamda yogʻingarchilik taqchilligi bilan boʻlishi kutilmoqda.

 

“Oʻzgidromet” xabariga koʻra, kutilayotgan qish mavsumi davomida sovuq ob-havo davrlarida harorat 5-10 daraja sovuqqacha, shimolda 15-20 daraja sovuqqacha pasayishi ehtimoli bor, bu qish oylari iqlim meʼyoridan 5-8 darajaga pastdir.

 

Taʼkidlanishicha, prognozlar taxminiy xususiyatga ega va faqat butun mavsum umumiy xususiyatlari uchun foydalaniladi: mavsum oʻrtacha harorati meʼyordan yuqori yoki past, yogʻingarchilik mavsum davomida meʼyordan koʻp yoki kam kuzatilishi. 

 

Qayd etilishicha, hatto bunday umumiy baholash aniqligi ham katta emas va 50-60 foizdan oshmaydi. 

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//