“Barcha hokim va vazirlar eshitib olsin” – Prezident hech bir fuqaro oʻzining muammolari bilan yolgʻiz qolmasligi kerakligi haqida gapirdi

Saqlash
23:18 / 11.10.2022 731 0

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida mahallalarni obod qilish va “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida amalga oshirilgan ishlar hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yigʻilishi boshlandi.

 

Maʼlum qilinishicha, davlatimiz rahbarining topshirigʻiga muvofiq hududlarga ishchi guruhlar yuborilib, ular 9 370 ta mahallaning har biriga kirib, aholining kayfiyatini oʻrganib, uni qiynayotgan muammolar roʻyxatini shakllantirdi.

 

Aholi tomonidan yoʻl, ichimlik suvi, sugʻorish tizimi, elektr, taʼlim va tibbiyot bilan bogʻliq 12 mingta masala va taklif koʻtarilgan.

 

«Barcha hokim va vazirlar eshitib olsin. Prezident siyosati va talabi shunday: hech bir fuqaro oʻzining muammolari bilan yolgʻiz qolmasligi kerak. Aholi kayfiyati – islohotlarimiz va siyosatimizning koʻzgusi.

 

Katta-kichik boʻladimi, aholimiz koʻtargan har bir muammoga oʻz vaqtida munosabat bildirish, ularni bosqichma-bosqich hal qilish barcha darajadagi rahbarlarning eng ustuvor vazifasi boʻlishi shart va zarur», dedi Prezident.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//