Jamiyat
“Madaniy boyliklar noqonuniy aylanmasiga qarshi kurashish choralari kuchaytirilishi munosabati bilan Jinoyat hamda Jinoyat-protsessual kodekslariga qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi eʼlon qilindi.
Loyiha madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish, ular noqonuniy aylanmasini oldini olish boʻyicha tadbirlar samaradorligini oshirish maqsadida ishlab chiqilgan.
Loyiha bilan Jinoyat kodeksiga quyidagi harakatlar uchun jinoiy javobgarlik kiritilmoqda:
moddiy madaniy boyliklarni Oʻzbekiston bojxona chegarasi orqali noqonuniy olib oʻtish;
alohida tarixiy, ilmiy, badiiy yoki madaniy ahamiyatiga ega boʻlgan ashyolar va hujjatlarni talon-toroj qilish (usulidan qatʼi nazar);
Oʻzbekiston va xorijiy davlatlar xalqlari badiiy, tarixiy va arxeologik merosi ashyolarini Oʻzbekiston hududiga qaytarmaslik.
Sohada huquqbuzarliklar oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar samaradorligini oshirish maqsadida alohida qimmatga ega boʻlgan ashyolarni talon-toroj qilganlik uchun alohida javobgarlik chorasini belgilash va ularni sodir etganlik uchun jinoiy javobgarlikni kuchaytirish taklif etilmoqda. Jinoyat kodeksi 169-1-modda bilan toʻldirilib, ushbu jinoyat boʻyicha subyekt yoshini 14 yosh etib belgilash taklif etilmoqda.
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q