Buxoroda “Turizm shaharchasi” tashkil etiladi

Saqlash
22:35 / 10.10.2022 954 0

YUNЕSKOning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Sara Noshadi turizm va madaniy meros vaziri Aziz Abduhakimov hamrohligida Buxorodagi madaniy meros obyektlarini ko‘zdan kechirdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” axborot agentligi.

 

Qayd etilishicha, YUNЕSKO vakili Buxoroning tarixiy qismidagi “Ark” qal’asi, Masjidi Kalon, Abdulazizxon, Ulug‘bek, Nodir Devonbegi madrasalari, Xo‘ja Kalon masjidi va Xo‘ja Kalon hovuzi kabi madaniy meros obyektlarida olib borilayotgan ta’mirlash-tiklash, restavratsiya ishlari bilan tanishgan.

 

Bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov Buxoroning tarixiy qismida joylashgan madaniy meros obyektlari, shuningdek, Kogon tumanida joylashgan Amir Olimxon saroyi restavratsiyasi, uning ta’mirlanishiga doir mutasaddilarga tegishli ko‘rsatmalar bergan.

 

Bundan tashqari, mas’ullarga Buxoroda tashkil qilinishi kutilayotgan “Turizm shaharchasi” bo‘yicha takliflar tayyorlanishi bo‘yicha topshiriqlar berilgan.

 

YUNЕSKO vakili tashrif davomida Kogon tumanidagi “Bahouddin Naqshband” majmuasi, Buxoro shahrining tarixiy qismidagi Ismoil Somoniy va Chashmai Ayub maqbaralari hamda boshqa qadamjolarga ham borishi rejalashtirilgan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi yangiliklar

Barchasi

Jamiyat

12:37 / 05.06.2026 0 35
Dam olish kunlari havo keskin isishi kutilmoqda

Jamiyat

11:48 / 05.06.2026 0 39
Toshkentda Belgiya elchixonasi ochiladi

Jamiyat

11:22 / 05.06.2026 0 37
Chilonzorda ikkita yirik avtoturargoh quriladi

Jamiyat

10:39 / 05.06.2026 0 23
Bugundan OTM va texnikumlarga qabul boshlandi

Ko‘p o‘qilgan

Barchasi
112446
76028

//