Ilm-fan
Har yili 7-oktyabr kunini Xalqaro paxta kuni sifatida keng nishonlash anʼanaga aylanib bormoqda. Xususan, Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan ommaviy axborot vositalari vakillari uchun Paxta seleksiyasi, urugʻchiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot institutiga press-tur tashkil etildi. Jurnalist va blogerlar institutning tajriba uchastkasida paxta parvarishi va yangi texnologiyalari bilan tanishtirildi.
Tadbir avvalida Qishloq xoʻjaligi fanlari doktori, professor, “Urugʻchilik va urugʻshunoslik” laboratoriyasi mudiri Shuhrat Kozubayev Oʻzbekistonning paxta yetishtirish imkoniyatlari, paxta sanoatiga innovatsiyalarni joriy etilayotgani xususida maʼlumot berdi.
Tashrif davomida OAV vakillari Paxta seleksiyasi, urugʻchiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti qoshidagi Oʻzbek-Xitoy gʻoʻza biotexnologiyasi laboratoriyasi, paxta urugʻi genofondi va kolleksiyasi, noyob paxta navlari saqlanayotgan issiqxona faoliyati bilan tanishdilar. Bundan tashqari, “Oʻsimliklar fiziologiyasi va biokimyosi” laboratoriyasining tajriba maydonida yetishtirilayotgan oq va tabiiy rangli gʻoʻza navlari namunalari, garmselga (issiq shamol) chidamli gʻoʻza duragaylari va naslchilik materiallari bilan tanishishdi.
Institutning professor olimlari hamda yosh tadqiqotchilari strategik ahamiyatga molik genofond, tabiiy rangli paxta haqida soʻzlab berishdi.
Qayd etilishicha, hozirgi kunda Oʻzbekiston gʻoʻza ekin maydoni boʻyicha (1,0-1,1 mln. gektar) dunyo mamlakatlari orasida oltinchi oʻrinni, paxta tolasini yetishtirish boʻyicha boʻyicha (0,8-0,9 mln. tonna) beshinchi-oltinchi oʻrinni egallab kelmoqda.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan Oʻzbekiston Prezidenti huzurida Paxtachilik kengashi tashkil etildi. Kengash paxta hosildorligini oshirish boʻyicha samarali tizimni joriy qilish, paxta yetishtirishda ilm va innovatsiyalarga asoslangan urugʻchilik, nav tanlash, yerga ishlov berish, oʻgʻitlash, sugʻorish ishlarini yoʻlga qoʻyish orqali paxta-toʻqimachilik sohasida eksport hajmlari va daromadni oshirish yoʻnalishida faoliyat yuritadi.
Maʼlumot uchun, 2019-yilning 7-oktyabrida Jahon savdo tashkiloti, Birlashgan Millatlar Tashkilotining oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi tashkiloti (FAO) kotibiyatlari bilan hamkorlikda, Birlashgan Millatlar Tashkilotining savdo va taraqqiyot boʻyicha konferensiyasi (UNCTAD), xalqaro savdo markazi (ITC) va xalqaro paxta boʻyicha maslahat qoʻmitasi (ICAC) birinchi marta jahon paxta kunini eʼlon qildi.
Foto: Xolida MUSURMONOVA
Siyosat
Jahon
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q