1-sinf o‘quvchilariga mashhur brendlarning soxta ryukzaklarini sovg‘a qilgan korxona jarimaga tortildi

Saqlash
16:30 / 07.10.2022 696 0

Prezident sovgʻasi sifatida Andijondagi birinchi sinf oʻquvchilariga mashhur brendlarning soxta ryukzaklari sovgʻa qilingani va sumkalarni ishlab chiqargan tadbirkor sudga berilgani haqida xabar bergandik.

 

Intellektual mulk departamentining yozishicha, ushbu holat yuzasidan Adliya vazirligi tomonidan oʻrganish olib borilgan. Oʻrganish davomida Baliqchi tumanida faoliyat yurituvchi “H.P.O.” xususiy korxonasiga tegishli ishlab chiqarish obyektlarida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan xorijiy tovar belgilari, jumladan “GUCCI”, “FILA”, “NIKE”, “ADIDAS”, “Hello Kitty” kabi kontrafakt oʻquvchilar sumkalarini ishlab chiqarganligi hamda ”Oʻquv taʼlim-taʼminot” davlat muassasasining shartnomasiga asosan Andijon va Fargʻona viloyatidagi umumtaʼlim maktablarining 1-sinf oʻquvchilariga tarqatilganligi aniqlangan.

 

Holat yuzasidan Adliya vazirligi tomonidan “H.P.O” xususiy korxonasiga nisbatan Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 177-moddasi bilan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilib, jinoyat ishlari boʻyicha Baliqchi tuman sudiga yuborildi. Sud qaroriga muvofiq huquqbuzarga BHMning 15 barobari miqdorida jarima jazosi tayinlandi.

 

Shuningdek, Adliya vazirligining tegishli taqdimnomasiga asosan 3974 ta kontrafakt oʻquvchilar sumkalari oʻquvchilardan qaytarib olinib, sifatli oʻquvchilar sumkalariga almashtirib berildi va bu kabi holatlar bartaraf etilgani qoʻshimcha qilindi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//