Kimyo bo‘yicha 2022-yilgi Nobel mukofoti sovrindorlari ma’lum bo‘ldi

Saqlash
14:42 / 06.10.2022 941 0

Shvetsiya qirollik fanlar akademiyasi haftalik doirasida kimyo boʻyicha 2022-yilgi Nobel mukofoti sovrindorlarini eʼlon qildi.

 

Ushbu yoʻnalishda nufuzli mukofot Stenford universiteti professori Karolin Rut Bertossi, Kopengagen universiteti professori Morten Meldal va Massachusets texnologiya instituti akademigi Barri Sharplessga taqdim etildi.

 

Olimlar “klik-kimyo va bioortogonal kimyoni rivojlantirishdagi hissasi uchun” Nobel mukofotini qabul qilib oladi.

 

Qayd etish oʻrinli, Barri Sharpless 2001-yilda ham Redzi Noeri va Uilyam Noulz bilan birgalikda “farmatsevtika sanoatidagi tadqiqotlari uchun” Nobel mukofotini qoʻlga kiritgandi.

 

Maʼlumot oʻrnida, tarixda faqat toʻrt olim ikki martadan Nobelni qoʻlga kiritgan. Bular Jon Bardin, Mariya Sklodovskaya-Kyuri, Laynus Poling va Frederik Senger.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//