Jamiyat
Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari tomonidan umumiy savdo doʻkonlarida sutning narxi keskin oshgani, mahsulot tanqislashgani, sut va sut mahsulotlarining aksariyat joylarda sotuvda yoʻqligi aytilmoqda.
Facebookʻ dan skrinshot
Oyina.uz muxbiri sut va sut mahsulotlari ishlab chiqaruvchi yirik korxonalar bilan bogʻlanganda ular haqiqatdan mahsulot narxi oshayotganini tasdiqladi.
“Evro Ekfin” MCHJ (Rash-Milk savdo belgisi) vakili:
Kompaniyamizda ham sut narxi deyarli 10 foizga oshirilgani rost. Buning sababi, sigirni boqish uchun yem, pichan qimmatlashgani bilan bogʻliq desa ham boʻladi. Qolaversa, qadoqlashda foydalaniladigan zarur vositalarning chet eldan olib kelinishi qiyinlashgani ham sutning narxi qimmatlashishiga taʼsir qildi.
“Milk House” MCHJ vakili:
Haqiqatda sut narxi oshirildi. Buning sabablari koʻp. Umuman, sut isteʼmolining oʻzi ham maʼlum miqdorda oshdi, odamlar salomatlikka eʼtibor qaratishdi, buning uchun sut isteʼmoliga jiddiyroq ahamiyat bera boshlashdi. Qolaversa, mavsumiy faktor ham bor.
“EXCLUSIVE MILK INVEST” MCHJ vakili:
Biz ham bugun deyarli 25-30 foiz qimmat narxda sotib oldik. Boshqa ilojimiz ham yoʻq. Narx-navo kundan kunga oshib boryabdi. Birgina sut narxi emas, boshqa mahsulotlarning qimmatlashgani ham bunga misoldir.
Shuningdek, Statistika qoʻmitasi axborot xizmatining bergan maʼlumotiga koʻra, Oʻzbekistonda sentabr oyida avgustga qaraganda sutning narxi 2,2 foizga oshganligi kuzatilgan.
Siyosat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q