Ertaga Oʻzbekistonda ob-havo qanday boʻladi?

Saqlash
20:12 / 04.10.2022 665 0

Respublika Gidrometeorologiya markazi ertaga, 5-oktabr kuni kutilayotgan ob-havo haqida maʼlumot berdi.

 

Toshkent shahrida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik boʻlmaydi. Sharqdan sekundiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 7-9, kunduzi 21-23 daraja iliq boʻladi.

 

Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik boʻlmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi chang-boʻronlari bilan birga sekundiga 15-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 3-8, kunduzi 20-25 daraja iliq boʻladi.

 

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, ayrim joylarda oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik boʻlmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Baʼzi joylarda shamolning tezligi chang-boʻronlari bilan birga sekundiga 15-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 5-10, kunduzi 20-25 daraja iliq boʻladi.

 

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik boʻlmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 5-10, kunduzi 19-24 daraja iliq boʻladi.

 

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, ayrim joylarda oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik boʻlmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Baʼzi joylarda shamolning tezligi chang-boʻronlari bilan birga sekundiga 15-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 9-14, kunduzi 24-29 daraja iliq boʻladi.

 

Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik boʻlmaydi. Sharqdan sekundiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 8-13, kunduzi 20-25 daraja iliq boʻladi.

 

Respublikamizning togʻoldi va togʻli hududlarida havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik boʻlmaydi. Sharqdan sekundiga 9-14 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 3-8, kunduzi 12-17 daraja iliq boʻladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//