Internetda mualliflik huquqlarini himoya qilishga oid xalqaro bitim tasdiqlandi

Saqlash
22:38 / 03.10.2022 674 0

“Xalqaro shartnomani tasdiqlash toʻgʻrisida”gi Prezident qarori (PQ–385-son, 03.10.2022-y.) qabul qilindi.

 

Qaror bilan 2021-yil 12-noyabrda Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi ishtirokchi-davlatlarining Hukumat rahbarlari kengashi yigʻilishida imzolangan MDH ishtirokchi-davlatlarining axborot-telekommunikatsiya tarmoqlarida mualliflik va turdosh huquq obyektlariga boʻlgan huquqlarni muhofaza va himoya qilish boʻyicha hamkorligi toʻgʻrisidagi Bitim tasdiqlandi.

 

Adliya vazirligi va Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasi shartnomani amalga oshirish uchun masʼul hisoblanadi.

 

Ilk bor maktabga qadam qoʻygan har bir bolaning qalbida ushbu hislar albatta kechadi: kelajakda kim boʻlish, qaysi kasbni egallash orzusi.  Kimdir koʻp pul topadigan biznesmen boʻlishni xohlasa, kimdir prokuror, yana kimdir prezident boʻlishni orzu qiladi. Lekin ilk bor jajji qoʻliga ruchka ushlab, yozishni oʻrganayotgan bola borki, albatta uning qalbida oʻqituvchi boʻlish istagi paydo boʻladi. Buning sababi esa: bolalar oʻqituvchiga dunyoda hamma narsani biladigan, barchani boshqara oladigan inson sifatida qarashi boʻlsa ajabmas. Ammo yillar oʻtib soxta kundaliklarga oʻz hayollaricha baho qoʻyib, ustoz ketganda oʻrniga ustoz boʻlib turadigan butun bir sinf bolalarining orzu-istaklari har xil sabablarga koʻra oʻzgarib ketadi. Ushbu sharafli kasbni faqatgina sabr-toqatli, mehribon, masʼuliyatli va albatta bilimli insonlargina tanlaydi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//