Siyosat
“Elektron tijorat to‘g‘risida”gi qonun prezident tomonidan imzolandi.
Elektron tijoratda shartnoma taraflar o‘rtasida shartnoma shartlarini elektron hujjatlar va (yoki) xabarlarni tasdiqlash yo‘li bilan kelishish orqali elektron hujjat shaklida rasmiylashtiriladi.
Elektron tijoratdagi elektron hujjatlar qog‘ozda rasmiylashtirilgan va o‘z qo‘li bilan imzolangan hujjatlarga tenglashtiriladi.
Elektron tijoratda sotuvchilar quyidagilardan iborat: elektron savdo maydonchasida tovarlarni (ishlarni va xizmatlarni) chakana va (yoki) ulgurji sotish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar; elektron savdo maydonchasida tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) chakana sotish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar.
Sohada to‘lovlar quyidagi usullarda amalga oshiriladi: naqd pul mablag‘lari bilan – naqd pul mablag‘lari to‘lov vositasi tarzida virtual terminallar (E-POS) orqali qabul qilinganini tasdiqlaydigan hujjatlarni hamda sotuvchi va sotilgan tovar to‘g‘risidagi axborotni o‘zida aks ettiradigan hujjatlarni xaridorga taqdim etish orqali; pul mablag‘larini bank hisobvarag‘idan o‘tkazish orqali – pul mablag‘larini bank hisobvarag‘idan o‘tkazish vositasida, shaxsiy kabinet orqali yoki to‘lov tashkilotining tizimi orqali o‘tkazish; elektron pullardan foydalangan holda – elektron pullar tizimida ochilgan elektron hamyondagi pul mablag‘larini o‘tkazish vositasida.
Savdo maydonchalari operatorlari, to‘lov xizmatlarini yetkazib beruvchilar va tovarlarni yetkazib berish xizmatlarini ko‘rsatuvchi yuridik shaxslar o‘z axborot tizimlariga yoki bank hisobraqamlariga “eskrou” xizmatini joriy etishi mumkin. Tovarlar uchun xaridor tomonidan to‘lovni amalga oshirish chog‘ida “eksrou” xizmatini ko‘rsatuvchi to‘langan pul mablag‘larini xaridor tovarlar olinganligining tasdig‘i olinguniga qadar saqlash huquqiga ega. Agar tovar yetkazib berilmasa yoki tavsifga mos kelmasa, “eksrou” xizmatini ko‘rsatuvchi pul mablag‘larini xaridorga qaytaradi yoki, agar tovar xaridor tomonidan qabul qilingan bo‘lsa, pul mablag‘lari sotuvchining hisobvarag‘iga o‘tkaziladi.
Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran uch oy o‘tgach kuchga kiradi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q