Jamiyat
Ijtimoiy tarmoqlarda bir nechta koʻchada odamlarni kaltaklab yoki masxara qilib, «prank» uyushtirgan Insta-blogerlar faoliyati Toshkent shahar IIBB tomonidan oʻrganib chiqilgani xabar qilingan edi. Holat yuzasidan sayyor sud oʻtkazilib, blogerlarga tegishli jazolar berilgan.
Taʼkidlanishicha, «Instagram» ijtimoiy tarmogʻidagi «JasJan» akkaunt blogi koʻzdan kechirilgan vaqtda, jamoat joylarida uyatli soʻzlar bilan soʻkinib, fuqarolarga haqoratomuz shilqimlik qilib, jamoat tartibini va fuqarolarning osoyishtaligini buzuvchi videomaʼlumot joylashtirilgani aniqlangan.
Olib borilgan tezkor tadbirlar davomida «Instagram» ijtimoiy tarmogʻidagi «JasJan» akkaunt foydalanuvchisi Toshkent viloyatida tugʻilgan fuqaro Jasur Shodiyev ekani maʼlum boʻlgan. Ushbu fuqaro bundan bir necha oy ilgari Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 183-moddasi bilan 15 sutka qamoq jazosini oʻtab chiqqan.
IIBB xabariga koʻra, oradan hech qancha vaqt oʻtmay, u oʻz ishini yana davom ettirib, axloqsiz videolarni tarqata boshlagan. Bildirilishicha, bundan koʻzlangan maqsad – ijtimoiy tarmoqdagi foydalanuvchilar sonini sunʼiy ravishda koʻpaytirish boʻlgan.
Bundan tashqari, Jasur Shodiyev va fuqaro Humoyun Muhammadjonov jamoat joyida boshqa bir bloger – Jaʼfar Yusupovga nisbatan uyatli soʻzlar ishlatib, koʻpchilikning koʻz oʻngida haqorat qilishadi. Bu jarayondan videomaterial tayyorlab, ommaga namoyish etishadi. Mazkur holat yuzasidan hujjatlar toʻplanib, qonuniy chora koʻrish uchun Toshkent shahar Mirzo Ulugʻbek tumani IIO FMBga yuborilgan.
Mirzo Ulugʻbek tumanidagi madaniyat va istirohat bogʻida oʻtkazilgan sayyor sudda Jasur Shodiyev va Humoyun Muhammadjonov bu kabi harakatlarini boshqa takrorlamasligini aytib, yigʻlab uzr soʻragan. Sud hukmiga koʻra, ikki blogerga 15 sutkadan maʼmuriy qamoq jazosi berildi.
Siyosat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q