Mahallalar tashabbusi bilan yashil bogʻlar tashkil etilishi mumkin

Saqlash
22:25 / 29.09.2022 681 0

Hukumat qarori (529-son, 27.09.2022-y.) bilan “Yashil bogʻlar” nizomi tasdiqlandi.

 

Nizomga koʻra, quyidagilar “Yashil bogʻlar”ni barpo etish boʻyicha hokimliklarga tashabbus bilan chiqish huquqiga ega:

 

– davlat organlari va tashkilotlari;
– fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari;
– koʻp kvartirali uy-joylar mulkdorlari. 

 

“Yashil bogʻlar”ni barpo etish boʻyicha kiritilgan takliflar hokimliklar tomonidan 15 ish kun ichida koʻrib chiqiladi.

 

Maʼqullangan takliflar asosida “Yashil bogʻlar”ni barpo etish va loyihalash boʻyicha har yili 10-fevralgacha “Oʻrmonloyiha” loyihalash instituti bilan shartnomalar tuziladi. 

 

Takliflar mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan har hili 15-maygacha tegishli qaror qabul qilish uchun xalq deputatlari mahalliy kengashlari muhokamasiga kiritiladi.

 

Xalq deputatlari mahalliy kengashlari tomonidan ijobiy qaror qabul qilingan taqdirda, “Yashil bogʻlar”ni barpo etish uchun “Yashil hudud” davlat unitar korxonasi bilan kelgusi yilning 20-yanvariga qadar shartnomalar tuziladi.

 

“Yashil bogʻlar”ga koʻchat ekish tadbirlari har yili bahor va kuz mavsumlarida amalga oshiriladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//