Toshkentda odamlarni kaltaklab, “prank” uyushtirgan Insta-blogerlar qamaldi

Saqlash
22:23 / 29.09.2022 722 0

Ijtimoiy tarmoqlarda bir nechta Insta-blogerlar koʻchada odamlarni kaltaklab yoki masxara qilib, “prank” uyushtirgani aks etgan videolar tarqaldi.

 

Insta-blogerlarning hurmacha qiligʻini Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi eʼtiborsiz qoldirmadi.

 

IIBBning maʼlum qilishicha, kecha, 28-sentyabr kuni Toshkent shahrining Mirzo Ulugʻbek tumanidagi markaziy istirohat bogʻida sayyor sud majlisi boʻlib oʻtgan va unda “prank” qilgan ikki bloger sud qilingan.

 

Jinoyat ishlari boʻyicha Mirzo Ulugʻbek tumani sudining qarori bilan blogerlarga nisbatan Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 183-moddasi (mayda bezorilik) va 194-moddasi (Ichki ishlar organi xodimining qonuniy talablariga rioya qilmaslik) boʻyicha ularga 15 sutka qamoq jazosi tayinlangan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//