Jamiyat
Bugun, 29-sentabr kuni soat 02:25 atrofida Sergeli tumani “Oltin vodiy” MFYda joylashgan Autotuning avtomobillarga xizmat koʻrsatish markazi yonib ketdi. Bu haqida Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, yongʻin haqida xabar berilgandan soʻng 4 ta yongʻin qutqaruv texnikasi 02:35 voqea joyiga yetib borgan. 03:30 atrofida yongʻin toʻliq bartaraf etilgan.
Yongʻin natijasida, avtomobillarga xizmat koʻrsatish ustaxonasining tom va ichki qismining 200 kv. metri yonib zararlangan. Olib borilgan tezkor choralar natijasida markazning qariyb 400 kv.m maydoni saqlab qolingan. Yongʻin vaqtida bitta Lacetti avtomashinasi butkul yonib ketgan.
Matbuot xizmatining xabariga koʻra, hozirda yongʻin kelib chiqish sabablari va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda. Yongʻin oqibatida halok boʻlgan yoki tan jarohat olgan shaxslar qayd etilmagan.
Ijtimoiy tarmoqlarda esa avtotyuning markazi rahbarining yongʻin haqida maʼlumot bergan videosi ham tarqaldi.
“Bitta portlash boʻldi. Yongʻin chiqib, butun “servis”ni qoplab oldi. Oʻchirishga ulgurmadik”, deydi u.
Siyosat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q