
Iqtisod
29-sentabr kuni 2022-yil uchun Xalqaro Global innovatsion indeks reytingi natijalari eʼlon qilindi. Oʻzbekiston Global innovatsion indeks reytingida oʻtgan yilgidan 4 pogʻona yuqorilab, 132 davlat orasida 82-oʻrinni egalladi. Bu haqida Respublika
Innovatsion rivojlanish vazirligi axborot xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, Shveysariya – 1, Koreya – 6 (▼1), Xitoy – 11 (▲1), Rossiya – 47 (▼2), Belarus – 77 (▼15), Armaniston – 80 (▼11), Qozogʻiston – 83 (▼4), Ozarbayjon – 93 (▼13), Qirgʻiziston – 94 (▲4), Tojikiston – 104-oʻrinni (▼1) egallagan.
Bu yilgi hisobot “Innovatsion rivojlanishning kelajagi”ga bagʻishlangan boʻlib, u innovatsiyalarning kelgusi oʻn yillikda mehnat unumdorligi va jamiyatning farovonligiga taʼsirini baholaydi.
Oʻzbekiston 2015-yilda 141 ta davlat orasidan 122-oʻrinni, uzoq tanaffusdan keyin, 2020-yilda 131 ta davlat orasida 29 pogʻonaga yuqorilab, 93-oʻrin bilan ushbu reytingga qaytgan edi.
Joriy yilda esa, bu reytingda umumiy 4 pogʻonaga koʻtarilib, “innovatsiyalarni joriy etish uchun mavjud resurslar va sharoitlar” (Innovation Input – Kirish indeksi) boʻyicha 7 pogʻona koʻtarilgani – 68-oʻrin, “innovatsiyalarni joriy etishda erishilgan amaliy natijalar” (Innovation output – Chiqish indeksi) boʻyicha 9 pogʻonaga yuqorilagani – 91-oʻrin qayd etilmoqda.
Indeksda mamlakatlar 4 ta daromad guruhiga boʻlingan (yuqori daromad, yuqori oʻrta daromad, quyi daromad va past daromad), Oʻzbekiston oʻz guruhida (quyi oʻrta daromad) 36 ta davlat ichida 10-oʻrinni egallaydi.
Shuningdek, mamlakatimiz Markaziy va Janubiy Osiyo mamalakatlari orasida Xindiston va Erondan keyin 3-oʻrinni egalladi.
Markaziy va Janubiy Osiyo mamalakatlari orasida Oʻzbekiston institutlar, inson kapitali va tadqiqotlar, infratuzilma va ichki bozorning rivojlanish darajasi yoʻnalishlarida yetakchi oʻrinlarni egallagan.
Reyting maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekistonning dunyo miqyosida kuchli koʻrsatkichlari: “Ilm-fan va muhandislik sohasida bitiruvchilar soni” – 6-oʻrin, “Kapitalni yalpi tarzda toʻplash” – 6-oʻrin, “Mehnat unumdorligini oʻsishi” – 7-oʻrin, “Tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash siyosati” – 22-oʻrin, “Klasterlarning rivojlanganligi” – 27-oʻrin.
Shuningdek, “Oliy maʼlumotli ayollarning ish bilan taʼminlanganligi” koʻrsatkichi boʻyicha mamlakatimiz ilk bor 56-oʻrinni egalladi.
Global innovatsion indeks (The Global Innovation Index) – AQSHning Kornel universiteti, Fransiyaning Insead biznes maktabi va Butunjahon intellektual mulk tashkiloti bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan davlatlarning innovatsion rivojlanishi darajasini baholovchi tadqiqotdir.
Respublikada innovatsion rivojlanishni jadallashtirish, iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida innovatsiyalar va texnologiyalarni keng tatbiq qilish, inson kapitalini, ilm-fan va innovatsiya sohalarini rivojlantirish maqsadida 2022–2026-yillarda Oʻzbekiston Respublikasining innovatsion rivojlanish strategiyasi qabul qilingan. Bunda 2026-yilga kelib mamlakatimiz Global innovatsion indeks reytingi boʻyicha jahonning 56 ta ilgʻor mamlakati qatoriga kirishiga erishishni bosh maqsad qilib berilgan.
Siyosat
Siyosat
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q