Quvasoy shahrida yangi Maʼnaviyat va maʼrifat maskani faoliyat boshladi

Saqlash
16:09 / 29.09.2022 672 0

Fargʻona viloyati Quvasoy shahrida yangi Maʼnaviyat va maʼrifat markazining ochilish marosimi boʻlib oʻtdi. Tadbirda Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Fargʻona viloyati boʻlimi rahbari, hokimlik vakillari, ziyolilar, nuroniy va yoshlar ishtirok etdi.

 

 

Zamonaviy talablar asosida jihozlangan markazda turli tanlovlar, maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar, ijodiy uchrashuvlar, kitob taqdimotlari oʻtkazish uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Ijodiy-madaniy masalalar boʻyicha targʻibotchilar, hunarmandlar uchun xonalar ajratilgan. Shuningdek, binoda 30 mingdan ortiq kitob fondiga ega kutubxona faoliyat yuritadi.

 

 

Marosimda mutasaddilar markazning shu kabi imkoniyatlari haqida gapirib, uning ijodkor yoshlar uchun erkin muloqot maydoni boʻlishini taʼkidlashdi.

 

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish