Jamiyat
Siyosat
AQSH davlat kotibi yordamchisi vazifasini bajaruvchi, Davlat departamentining Xalqaro jamoatchilik bilan aloqalar byurosi rahbari Elizabet Tryudo 3−6-oktyabr kunlari Oʻzbekistonga tashrif buyuradi, deya xabar berdi TIVning “Dunyo” axborot agentligi.
Elizabet Tryudo rasmiylar bilan muzokaralar oʻtkazish, nodavlat notijorat tashkilotlari vakillari bilan uchrashish va Toshkentdagi Vebster universitetida jurnalistlar uchun ingliz tili kursi bitiruvchilari bilan suhbatlashishni rejalashtirmoqda. Shuningdek, u Jizzax viloyatiga ham tashrif buyurib, ayollar reabilitatsiya markazi faoliyati bilan tanishadi, deb xabar qildi AQSH Davlat departamenti matbuot xizmati.
Shuningdek, u Oʻzbekistondan tashqari Nepal, Birlashgan Arab Amirliklari va Qirgʻizistonga ham tashrif buyuradi. Davlat departamenti hisobotida qayd etilishicha, ushbu mamlakatlardagi muhokamalarining ustuvor yoʻnalishlari Rossiya va Xitoydan kelayotgan dezinformatsiyaga qarshi kurash, AQSHning Afgʻoniston xalqini qoʻllab-quvvatlashi, ijtimoiy tenglik, ommaviy axborot vositalari erkinligi va iqlim muammolari boʻladi.
Safar arafasida Oʻzbekistonning AQSHdagi elchisi Javlon Vahobov Elizabet Tryudo bilan Oʻzbekiston-Amerika hamkorligining dolzarb masalalari, jumladan, milliy kadrlar salohiyatini rivojlantirish boʻyicha qoʻshma dasturlarni kengaytirish masalalarini muhokama qildi.
Jamiyat
Jamiyat
Madaniyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
112207
Jamiyat
94884
Jamiyat
90973
Jamiyat
75752
Jamiyat
//
Izoh yo‘q