Siyosat
29-sentabr kuni Oʻzbekiston hukumati va BMT Qochqinlar boʻyicha Oliy komissari boshqarmasi tomonidan Pokistonda sodir boʻlgan halokatli suv toshqinidan jabrlanganlarga insonparvarlik yordami yuklangan samolyot Termizdan Karachiga uchib ketdi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar qildi.
Ushbu birinchi qoʻshma insonparvarlik yordami Oʻzbekiston Mudofaa vazirligi tomonidan taqdim etilgan samolyotlarda yetkazib berildi.
Insonparvarlik koʻmagi tarkibi suv toshqinlari oqibatida oʻz boshpanalaridan ayrilganlar uchun 15 tonnadan ortiq hajmdagi vaqtincha yashash uchun moʻljallangan turar-joy modullaridan iborat.
1-sentabr kuni Islomobod xalqaro aeroportiga Oʻzbekiston harbiy-havo kuchlarining Il-76 samolyoti kelib qoʻndi. Unga Shavkat Mirziyoyev topshirigʻiga binoan, Pokiston mintaqalarida roʻy bergan suv toshqinidan jabrlanganlar uchun yoʻllangan 40 tonnadan ortiq hajmdagi insonparvarlik yordami yuklangan edi. Aeroportda yuklarni Pokiston ilm-fan va texnologiyalar boʻyicha federal vaziri Aga Xasan Baloch qabul qilib oldi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q