Prezidentning shaxsiy fotografi Abdulla Aripov bilan boʻlgan noqulay vaziyat haqida post eʼlon qildi

Saqlash
20:35 / 29.09.2022 756 0

Qirgʻiziston Prezidentining shaxsiy fotografi Sultan Dosaliyev “Facebook”dagi sahifasida Oʻzbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov bilan ish jarayonida boʻlgan noqulay vaziyat haqida post eʼlon qildi.

 

 

“Ishda hamma narsa boʻlishi mumkin. Davlatlarning yuqori mansabdorlari ishtirokidagi vaziyatlarda tez va ayni paytda juda ehtiyotkorlik bilan harakat qilish kerak. Tan olish kerak, baʼzida kutilmagan hodisalar ham roʻy berib turadi. Sizga yaqinda sodir boʻlgan bir voqeani aytib beraman.

 

14-sentyabr kuni Prezident Sadir Japarov SHHT sammitida ishtirok etish uchun Samarqandga tashrif buyurdi. Aeroportda uni Oʻzbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov kutib oldi. Men ana shu jarayonni suratga olish uchun qulay joy qidirayotib, bexosdan Oʻzbekiston bosh vazirining oyogʻini bosib oldim, ammo sarosimada kechirim soʻrashga imkon boʻlmadi.

 

Qizigʻi, oʻsha paytda Aripov hech qanday munosabat bildirmadi. Shunga qaramay, hukumat apparatidagi oʻzbekistonlik hamkasblarimiz voqeani payqab, hodisaga izohlarini bildirishdi.

 

Tadbirdan soʻng sodir boʻlgan voqealarni birma-bir xayolimdan oʻtkazdim va noqulay holga tushdim. Ikki kundan keyin joʻnab ketishimiz kerak edi. Aeroportda bizni yana Abdulla Aripov kutib oldi. Samolyotga chiqishdan oldin men undan “yengil tan jarohati yetkazganim” uchun uzr soʻrashga fursat topdim va u (Aripov) shunchaki jilmayib, bu arzimas ish ekanligini aytdi. 

 

Biz hukumat rahbari bilan birinchi marta yuzma-yuz gaplashdik va shuni ayta olamanki, Abdulla Nigmatovich juda samimiy va yaxshi inson boʻlib chiqdi”, deb yozgan Sultan Dosaliyev.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//