Samarqandda turizm fidoyilari taqdirlandi

Saqlash
21:35 / 28.09.2022 993 0

Turizm va madaniy meros vazirligi tomonidan bir qator ommaviy axborot vositalari vakillari va blogerlar uchun 27-sentyabr Butunjahon turizm kuni munosabati bilan Samarqand shahrida info-tur tashkil etildi. 

 

Qayd etilishicha, tadbirda davlat va sayyohlik tashkilotlari vakillari tashkilotlari, diplomatik korpus, tadbirkorlar, sanʼat namoyandalari, “Ipak yoʻli” Xalqaro turizm va madaniy meros universiteti talabalari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok yetdi.

 

Tadbirni bosh vazir oʻrinbosari – turizm va madaniy meros vaziri, “Ipak yoʻli” Xalqaro turizm va madaniy meros universiteti rektori Aziz Abduhakimov ochib berdi.

 

 

“Bugun ushbu bayram munosabati bilan biz, anʼanaviy tarzda, Oʻzbekistonda turizmni rivojlantirishga oʻz hissalarini qoʻshgan sanʼat va madaniyat arboblarini, turizm sohasi, davlat va xalqaro tashkilotlar vakillarini, tadbirkorlar va ommaviy axborot vositalari xodimlarini ʻTurizm fidoyisiʻ koʻkrak nishoni bilan taqdirlamoqchimiz. Ishonchim komilki, ushbu tadbir turizm sohasida yangi yutuqlarni boshlanishi uchun kuchli turtki boʻladi, shuningdek, Oʻzbekistonning xalqaro miqyosdagi yeng yaxshi va xavfsiz sayyohlik yoʻnalishlaridan biri sifatidagi nufuzini yanada yuksaltirishga xizmat qiladi” — Aziz Abduhakimov.

 

Tadbir davomida “Ipak yoʻli” Xalqaro turizm va madaniy meros universitetining oʻquv ishlari boʻyicha prorektori Jozef Xoffman hamda SHHTga aʼzo mamlakatlardan kelgan universitet talabalari ham nutq soʻzlab, barchani turizm kuni bilan tabriladi.

 

Bundan tashqari, qator sanat va madaniyat xodimlari, turizm, davlat va xalqaro tashkilot vakillari, tadbirkor va OAV xodimlari Oʻzbekistonda turizmni rivojlantirishga qoʻshgan hissasi uchun “Turizm fidoyisi” koʻkrak nishoni bilan taqdirdandi.

 

Samarqand viloyati hoqimi Erkinjon Turdimov, Samarqand davlat universiteti rektori Rustam Xolmurodov, huquqshunos, bloger Xushnud Xudoyberdiyev, tadbirkor Hasan Mamasaidov, teleboshlovchi Amirxon Umarovga ham Turizm fidoyisi koʻkrak nishoni topshirildi.

 

 

 

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//