Oʻzbekistonda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik uchun 2 trln soʻm ajratildi

Saqlash
19:23 / 28.09.2022 881 0

Oʻzbekistondagi “Iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha obyektlari va koʻp kvartirali uy-joy fondini 2022/2023-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashini taʼminlash toʻgʻrisida” Vazirlar Mahkamasi qarori tasdiqlandi. Bu haqda Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vaziri oʻrinbosari Qurbon Tursunov xabar berdi.

 

Vazirlar Mahkamasining 522-sonli mazkur qarori bilan respublikada barcha yoʻnalishlar boʻyicha isitish mavsumini barqaror oʻtishini taʼminlash boʻyicha aniq vazifalar belgilgan. Xususan:

 

– 2 967 ta koʻp kvartirali uy-joy fondini taʼmirlash;

– 1 815 kilometr ichimlik suv tarmoqlari;

– 1 689 ta nasos uskunalari;

– 24 ta markaziy va mahalliy qozonxonalar;

– 809 ta turli markadagi qozonlar;

– 737 kilometr issiqlik tarmoqlari;

– 88 080 kilometr elektr uzatish tarmoqlari;

– 29 135 ta tranformator punktlarini mukammal va joriy taʼmirlash rejalashtirilgan.

 

Shuningdek, hujjatda 149 kilometr gaz quvurlari va 299 ta gaz taqsimlash punktlarini taʼmirlash bilan birga, 314 400 tonna suyultirilgan gaz yetkazib berish hamda 1,7 million tonna koʻmir zaxirasini yaratish belgilangan.

 

Shu bilan birga, olis hududlardagi 723 ta ijtimoiy soha obyektlarini isitish mavsumiga tayyorlash, aholiga 1,5 million tonna ichimlik suvini yetkazib berish hamda 1 301 kilometr ichki yoʻllarni taʼmirlash ishlari amalga oshirish zarur boʻladi. Yuqorida belgilangan parametrlarni bajarishda 2 trillion soʻm mablagʻ yoʻnaltiriladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//