Abdulla Oripovning ikki jildli kitobi AQSHda chop etildi

Saqlash
16:36 / 28.10.2021 1078 0

Oʻzbekiston Qahramoni, xalqimizning ardoqli ijodkori, Oʻzbekiston xalq shoiri Abdulla Oripovning “Men nechun sevaman Oʻzbekistonni?” birinchi jild hamda “Jannatga yoʻl” ikkinchi jild sheʼriy toʻplami AQSHning “Prodigy published” nashriyotida qirgʻizistonlik isteʼdodli shoir Rahim Karim tarjimasi bilan chop etildi. Bu haqda OʻzA xabar bermoqda.

 

Har ikkala jild oʻzbek, qirgʻiz, rus va ingliz tillarida ekani diqqatga sazovordir. Hassos shoirimizning ushbu ikki tomli kitoblari ustozning tanlangan sheʼrlari, dramatik dostonlaridan iborat boʻlib, birinchi jildi soʻzlarining muallifi Abdulla Oripov boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat Madhiyasi bilan ochiladi. Shuningdek, ikki jildli bu kitoblarga soʻzboshi sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning shoir haqidagi samimiy xotiralari bilan boshlanadi.

 

Kitobning birinchi jildida qirgʻiz tiliga tarjima qilingan sheʼrlar ham chop etilgan. Ular orasida atoqli qirgʻiz adibi Chingiz Aytmatovga bagʻishlangan “Qirgʻiz zamini” sheʼri ham oʻrin olgan.

 

Kitobning ikkinchi jildida ustoz shoirimizning “Jannatga yoʻl” , “Samoviy toʻy” dramatik dostonlari hamda Abu Ali ibn Sinoga bagʻishlangan “Hakim va ajal” dostoni oʻrin olgan. 

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//