Toshkent viloyatida 15 ming talabaga moʻljallangan universitet faoliyati yoʻlga qoʻyiladi

Saqlash
19:12 / 22.09.2022 952 0

Nurafshon shahrida Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi sessiyasi boʻlib oʻtmoqda.

 

Sessiyada aholini ijtimoiy himoya qilish tizimidagi muammolarni hal qilish boʻyicha taklif va rejalar bayon qilindi.


Davlatimiz rahbari ijtimoiy soha obyektlarini taʼmirlash boʻyicha loyiha hujjatlarini oʻz vaqtida tayyorlash zarurligini taʼkidladi, taʼmirlash ishlari oʻquv yili boshlanishidan oʻtib ketmasligi haqida mutasaddilarni qattiq ogohlantirdi.


Olmaliq shahridagi 80-son maxsus maktab va Angren shahridagi 73-son maktab-internatni kelgusi yilda taʼmirlash vazifasi qoʻyildi.


Xorijiy ekspertni jalb qilib, 15 ming talabaga moʻljallangan Nurafshon davlat universiteti faoliyatini keyingi oʻquv yilida yoʻlga qoʻyish topshirildi.


Sogʻliqni saqlash vazirligiga yil yakuniga qadar 500 nafar ogʻir bemorni respublika markazlarida sogʻlomlashtirish choralarini koʻrish topshirildi.


Viloyat markazida barcha tibbiy xizmatlarni koʻrsatadigan yagona markaz yoʻqligi qayd etilib, mutasaddilarga xorijiy loyihachilarni jalb qilib, kelgusi yildan Nurafshon koʻp tarmoqli tibbiyot markazi qurilish ishlarini boshlash vazifasi qoʻyildi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//