Ilm-fan
Ijtimoiy tarmoqlarda maktabga jar yoqalab qatnayotgan parkentlik bolalar haqidagi xabarlar tarqaldi. Holatga aniqlik kiritish maqsadida oyina.uz muxbiri Toshkent viloyati XTBga murojaat qildi.
Qayd etilishicha, Parkent tumani xalq taʼlimi boʻlimi tomonidan ishchi guruh tuzilib, oʻrganish ishlari olib borildi.
Aniqlanishicha, suratdagi holat tumanning Nurobod mahalla fuqarolar yigʻinida joylashgan Changi qishlogʻida istiqomat qiluvchi bolalarning maktabga borish jarayonida olingan. Mazkur qishloqning 10 nafar oʻquvchisi Quyosh qoʻrgʻonda joylashgan 29-sonli maktabga qatnaydi.
«Rasmda koʻrsatilgan jarlikdan 50 metr uzoqlikda maktabga olib boruvchi asosiy yoʻl mavjud. Oʻquvchilar masofani qisqartirish uchun aylanib yurishni istamay, suratda koʻrsatilgan yoʻlakdan kesib oʻtishadi. Ishchi guruh holat boʻyicha tuman hokimligiga jarlik atrofini oʻrash boʻyicha murojaat tayyorlashmoqda.
Shu oʻrinda aytish lozim, Changi qishlogʻi oʻquvchilar uchun mikrohududda 41-sonli maktab mavjud. Qishloqning deyarli barcha bolalari shu yerda tahsil oladi», deyiladi XTB xabarida.
Siyosat
Jahon
Iqtisod
Jahon
Madaniyat
Siyosat
109998
Jamiyat
94294
Jamiyat
90151
Jamiyat
73435
Jamiyat
//
Izoh yo‘q