Жамият
Халқ таълим вазирлиги матбуот котиби Лайло Рустамова ижтимоий тармоқдаги саҳифасида айрим ўқитувчиларнинг саводсизлигини танқид қилди.
Рустамованинг қайд этишича, кунига иши юзасидан кўплаб ўқитувчилар билан суҳбатда бўлади. Бугунги мулоқотлардан кейин хафа бўлиб кетган.
У халқ таълими тизимига келишидан олдин ўқитувчилар ҳеч қачон хато қилмайдиган ва хато қилиши мумкин бўлмаган инсонлар деб ҳисоблаган. Кейин эса айрим ўқитувчиларнинг оддий сўзларни ҳам ёзишни билмаслигига ёхуд адабий тил меъёрларига амал қилмаган ҳолда ёзишларига гувоҳ бўлган.
«Бугунги ўқитувчига бир неча бор хато билан ёзаётганини айтишимга қарамай, «шошканда хато қивотганини» айтди, лекин Тошкент сўзини бир неча бор «Тошкен» деб ёзгани жонимдан ўтказворди. Унинг айтишича, «Тошкенли бўганига Телеграмда адабий ёзмиркан, у ҳақда сал вохли хулоса чиқарипман».
Айтингчи, ўқитувчи қаерда ва кимга ёзса ҳам, шундай хато қилиб ёзишга ҳақли деб ўйлайсизми? (Ўқитувчи вазирликка шундай хато билан ёзяпти, болаларга қандай ўргатишини ўйлашга ҳам қўрқади одам).
Юқоридаги каби ўқитувчилар дуч келганида тажрибали, ўз ишларини сидқидилдан адо этадиган ва йиллаб меҳнат қилса ҳам ҳеч кимдан ҳеч нарса даво қилмайдиган устозларимиз борлигидан хурсанд бўламан ва уларнинг меҳнатларини қадрлашимиз қанчалик муҳимлигига яна бир бор амин бўламан», дея ёзади Лайло Рустамова.
Матбуот котиби бугун мактабга қадам қўяётган ёш муаллимлардан ҳаётларини улуғ касб билан боғлаган экан, шунга муносиб бўлишларини, келажак авлод тақдири уларнинг қўлидалигини унутмасликларини, устозларнинг ҳар бир хатоси бутун бошли авлоднинг саводига ва бу орқали келажагига таъсир қилишини эслатган.
Жамият
Илм-фан
Жамият
Спорт
Жамият
Иқтисод
Жамият
Жамият
Жамият
Жамият
//
5 Изоҳлар
Sherzod
12:01 / 01.01.1970
Avvalambor Assalomu-alaykum aziz o ‘qituvchilar va Xalq ta‘limi vazirligi rahbariyati. Yuqoridagi fikrlarni o‘qib menda e‘tirozli gaplar paydo bo‘ldi. Nima uchun Laylo Rustamova barcha o‘qituvchilarni qoralab chiqmoqda. Xalq ta‘limi vazirligi matbuot kotibi shunday deygandan so‘ng boshqalardan nimani kutish mumkin. To‘g‘ri shunday o‘qituvchilar bor, lekin uni xuddi bir yangilik kashf qilganday aytish shart emas. Shunday holatlar yuzaga kelmasligi uchun bir taklif 1-2 yil mobaynida o‘qituvchilardan diktant olib turish kerak. Yoki yangi ishga kirayotganlardan ham dastlab, diktant olib sinab ko‘rish kerak. Ikki marta ketma-ket diktantdan ijobiy baho ololmagan o‘qituvchilarni ma‘lum vaqtga ishdan chetlatish kerak. Yana bir taklif toifa imtihonidan boshlang‘ich sinf o‘qituvchilariga diktant olish usulini ham kiritish kerak. Ma‘sul shaxslar o‘qituvchilarni bilimsizdan-bilimsizga chiqaravermasdan kamchiliklarni bartaraf qilish yo‘llarini aytishsa, o‘qituvchilarga ko‘proq imkoniyat va sharoitlarni ta‘minlashga harakat qilishsa va ana shundan so‘ng bong urishsa yaxshi bo‘lardi.
Olimjon
12:01 / 01.01.1970
Bu so'zingiz to'g'ri, lekin ayrim o'qituvchilarning xato yozayotganligidan butun respublika o'qituvchilarining nomiga dog' tushadi.Ayrim ota-onalar bu haqda eshitib qolsa barcha o'qituvchilarni savodsizga chiqaradi. Shuning uchun o'quvchilarga ta'til berilgan vaqtda maktab ma'muriyati o'qituvchilar bilan ko'proq ishlashi kerak. Bugun xato yozgan o'qituvchi o'z ustida ishlamasligidan dalolat beradi.
Nargiza
12:01 / 01.01.1970
Assalom alaykum, yuragimdagi og‘riqlarni qo‘zg‘atibsiz Laylo opa, shunday o‘qituvchilar yo‘q emas oramizda bor, ammo bunday o‘qituvchilar ustoz shaniga dog‘ tushuruvchi, xalqni maktabga bo‘lgan ishonchini so‘ndirishi, kelajak avlodni ustozga bo‘lgan ishonch va hurmatini susayishga olib keladi. Menimcha ustozlardan diktant ham olib turish kerak... rasmiy ravishda, asosiy hal qiluvchi bo‘lsa ahamiyatli bo‘lardi, yuzakisi o‘zbekchilik bo‘lib ketadi, ta'limda ayamaslik kerak! Bo‘lmadimi, undan voz kechish kerak imkoniyati o‘zini qo‘lida, yurtimizda halol mehnat qilib kunlik bozorlarda ishlab oila boqayotgan ota-onalar oilasi davrasiga kelib farzandini ustozi shundayligini bilsa, uni ishonchi, kelajakka bo‘kgan qarashlari so‘nib boradiku? Jamoada maktab rahbarlari bunga e'tiborsizlik qilib kelaversa, yurtboshimizni aytgan, ko‘zlayotgan maqsadlari qog‘ozlarda qolib ketadiyu, to‘g‘ri yozishni, adabiy tilda yozmaslik oddiy xalqdan ham boladan ham talab qilamiz, nega endi shu xalqqa savod beruvchi shaxs bu jarayonni buzib qo‘yishi kerak? Ta'lim tizimidagi og‘riqli nuqtalarimiz bular.
Ravshan
12:01 / 01.01.1970
Savodsiz ustozlardan norozi ekanligingizga tushunarli, lekin тажрибали, ўз ишларини сидқидилдан адо этадиган ва йиллаб меҳнат қилса ҳам ҳеч кимдан ҳеч нарса даво қилмайдиган устозларимиз борлигидан хурсанд bo'lishingizga biroz e'tirozim bor.... 1.Xech narsa davo qilmaydigan o'qituvchining o'zi bolmasa kerak... 2.yoki Yillar davomida murojaatlari umuman ko'rib chiqilmagan va ayrim mutassaddilar tomonidan quruq vadalar bilan xasposhlab kelinishi natijasida XAFSALASI PIR bolgan ..
Shahlo
12:01 / 01.01.1970
Juda to'gri ba'zida o'zim ham hamkasblarim orasida shunday xatoliklarga yo'l qo'yganlarni kuzatganman masalan:jo'ja juja bunday boshlangich sinf o'qituvchisi o'zi savodli bo'lishi kerak