Сиёсат
Prezident maslahatchisi, sobiq tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov O‘zbekistonning Tinchlik kengashiga qo‘shilishi va undagi manfaatlari haqida “O‘zbekiston 24” telekanaliga gapirib berdi.
Uning ta’kidlashicha, bu kengashga qo‘shilish, avvalo, xavfsizlik nuqtai nazaridan kelib chiqilgan, shuningdek, uning vazifalari O‘zbekistonning tashqi siyosat manfaatlariga mos keladi.
“Iqtisodiy forum kun tartibida ko‘p siyosiy masalalar bor. Bulardan bittasi G‘azo mintaqasidagi harbiy iqtisodiy inqiroz va bu inqirozni hal qilish uchun yo‘lini topish. Mana shunaqa maqsad qo‘yilgan va yaqinda Donald Tramp Tinchlik kengashini tashkil etish taklifini kiritdi. Bu tinchlik kengashini oldida turgan vazifa, avvalambor, G‘azoni inqirozini hal qilish”, — deya gap boshladi prezident maslahatchisi.
“Prezident Shavkat Mirziyoyev Donald Trampning taklifini qabul qilib, rozilik berdilar. Savol tug‘iladi: biz nima uchun bu tashabbusni qo‘llab-quvvatladik? Birinchidan, xavfsizlik nuqtayi nazaridan, albatta, bizning manfaatlarimiz bor. Ikkinchidan, kengashni oldida turgan vazifalar, maqsadlar bizning tashqi siyosatimizning asosiy tamoyillariga to‘liq javob beradi va mos keladi. Uchinchidan, haqiqatdan ham bu mintaqada biz juda jiddiy hayotiy manfaatlarimiz bor”, — dedi tushuntirdi Komilov.
Maslahatchi O‘zbekiston rahbari nega mintaqaga e’tibor qaratganini so‘zladi. Komilovning qayd etishicha, O‘zbekiston fuqarolari mintaqadagi ekstremist oqimlarga, tashkilotlarga, guruhlarga qo‘shilib, keyin mamlakatga qaytib kelib, muammo tug‘dirishga harakat qilmoqchi ham bo‘lgan. Lekin davlat tomonidan ular mamlakatga qaytarilib, ijtimoiy yangi hayotga kiritish uchun sharoitlar yaratib berilgan.
“Mana shunday mehribonlik Birlashgan Millatlar Tashkilotining rahbariyatining tomonidan juda yuqori baholandi va bularning gapiga qaraganda, Prezidentimizning siyosati butun dunyoda namuna bo‘lishi mumkin. Mana shuning uchun biz aytishimiz mumkin, O‘zbekistonda ana shu mintaqada boshqa davlatlar bilan birga manfaatlari bor va bu manfaatdorlik yana shundan iboratki, avvalambor, o‘zimizning xavfsizligimizni ta’minlash”, — dedi maslahatchi.
“Ikkinchi sabab nima uchun biz bunga juda katta e’tibor beryapmiz? Afg‘oniston qo‘shnimizni olsak. Afg‘oniston qo‘shnimizga hujum boshlanishidan oldin, u yerda hech qanday ekstremist, terrorist tashkilotlar bo‘lmagan. Lekin urush boshlangandan keyin ko‘pincha mana shunaqa tashkilotlar, guruhlar qayerdan keldi? Yaqin Sharqdan keldi. Albatta, Yaqin Sharq muammosini hal qilish oson masala emas. XX asrda Yaqin Sharqning boshi urushdan chiqmagan. Shuning uchun bu masalani hal qilish uchun butun xalqaro hamjamiyat birlashib, nafaqat AQSh, arab davlatlari, musulmon davlatlari, balki mana shu Markaziy Osiyo davlatlari birgalikda harakat qilish kerak. Har bitta qadamni o‘ylab qo‘yib, tinchlik o‘rnatilsa, barqarorlik o‘rnatilsa, bu juda muhim qadam bo‘ladi”, — dedi prezident maslahatchisi.
Bundan tashqari, Komilov O‘zbekistonning sammitda ishtirok etishi mamlakatning xalqaro maydonda jiddiy ishtirokchiligini tan olish hisoblanadi, dedi.
“Bu juda muhim siyosiy tadbir, ikkinchidan, O‘zbekistonga bildirilgan ishonch, hurmat, izzat va O‘zbekistonning xalqaro maydonda jiddiy ishtirokchiligini tan olish bo‘ladi”, — dedi Abdulaziz Komilov.
Жамият
Жаҳон
Жамият
Сиёсат
Жамият
77558
Жамият
56624
Жамият
55823
Жамият
50888
Жамият
//
Изоҳ йўқ