Жамият
“Axborot va raqamli texnologiyalar sohalarida davlat nazorati tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori qabul qilindi.
Endi O‘zbekistonda OAV, noshirlik va raqamli axborot sohasida monitoring va nazorat vakolatlari Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi inspeksiyaga beriladi. Qarorga ko‘ra, Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat inspeksiyasi quyidagi sohalarda maxsus vakolatli davlat organi etib belgilandi:
– axborotlashtirish, telekommunikatsiyalar, pochta aloqasi, raqamli texnologiyalar sohalarida davlat nazoratini amalga oshirish;
– ommaviy axborot vositalarini ro‘yxatga olish hamda ular tomonidan qonunchilik hujjatlari talablariga rioya qilinishini monitoring va nazorat qilish;
– bolalarni ularning sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish.
2027-yil 1-yanvargacha quyidagi imkoniyatlarga ega “Raqamli nazorat” platformasi ishga tushiriladi:
– aholi istiqomat qilayotgan, jumladan, olis va chekka hududlardagi raqamli texnologiyalar va telekommunikatsiyalar sohalarida ko‘rsatilayotgan xizmatlarni monitoring qilish;
– axborot tizimlari, resurslari, dasturiy mahsulotlar va ma’lumotlar bazalarida yuzaga kelgan uzilish yoki to‘xtalish holati bo‘yicha tegishli choralar ko‘rish;
– jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlar tezkor ko‘rib chiqilishini tashkil etish.
Жамият
Жамият
Жамият
Жамият
Сиёсат
Сиёсат
77440
Жамият
56553
Жамият
55737
Жамият
50807
Жамият
//
Изоҳ йўқ