Илм-фан
Хорижий атамаларни ўзбекча муқобилларига алмаштириш бўйича жамоатчилик юборган таклифлар Ўзбекистон Республикаси Атамалар комиссиясининг ишчи кенгаши – Ўзбекистон Фанлар академияси Ўзбек тили, адабиёти ва фольклори институти олимлари томонидан кўриб чиқилди.
Янги сўз ва атамалар юзасидан таклифлар билан танишинг
|
T/r |
Atama nomi |
Yangi soʻz va (qaysi tildan olingan) |
Yangi soʻz va atamani oʻzbek tilida ifodalovchi soʻzlar |
Rasmiy isteʼmolga kiritish boʻyicha taklif |
|
|
Аккомпанемент |
Akkompanement (fr. accompaniment, accompagner – joʻr boʻlmoq) – ashula yoki musiqaga joʻr boʻlish. |
Joʻrnavozlik |
Joʻrnavozlik (terminologik tushunchani ifodalay oladi; oʻzbek tilida bu ma’noda qoʻllanadi) |
|
|
Аномал |
Anomal (yun. anomalia) – meʼyor(norma)dan chetga chiqish (ogʻish) |
Gʻayritabiiy |
Noodatiy (terminologik tushunchani ifodalay oladi; oʻzbek tilida bu ma’noda qoʻllanadi) |
|
|
Антракт |
Antrakt (fr.: Entrʼacte – entre-ora, oraliq, oʻrtasida; akt-ish, harakat) – spektakl pardalari yoki konsert boʻlimlari orasidagi tanaffus; teatrda ikkinchi va undan keyingi pardalar boshlanishi oldidan chalinadigan musiqali muqaddima. |
Tanaffus |
Tanaffus (terminologik tushunchani ifodalay oladi; oʻzbek tilida bu ma’noda qoʻllanadi)
|
|
|
Арерсцена |
Aryerssena (fr.: arrière-scène, arrière – orqa) – sahnaning orqa pardasi ortidagi maydon. |
Sahnaorti |
Sahnaorti (terminologik tushunchani ifodalay oladi) |
|
|
АСКУЭ (Автоматизированная система коммерческого учёта электроэнергии) |
АСКУЭ (rus. Автоматизированная система коммерческого учёта электроэнергии) – EEHO va NQAT bu isteʼmolchilarga zamonaviy meʼyoriy hujjatlar talablariga va energetika sohasini isloh qilish qoidalariga muvofiq elektr energiyasi isteʼmolini hisobga olish imkonini beruvchi texnik, dasturiy va tashkiliy yеchimlar tо‘plami. |
ETHAT (Elektr energiyasini tijoriy hisoblashning avtomatlashtirilgan tizimi) |
ETHAT (terminologik tushunchani ifodalay oladi)
|
|
|
Банкет |
Banket (fr. Banquet) – oʻtkir yoki shirin taom; lot. “banca”, yaʼni “stol” soʻzidan olingan. |
Rasmiy mehmondorchilik |
Ziyofat (terminologik tushunchani ifodalay oladi; oʻzbek tilida bu ma’noda qoʻllanadi)
|
|
|
Башмак |
Qadimgi turkiy so‘z bo‘lib, boshmoq, ya’ni oyoq kiyimi nomini bildirgan. Hozir kunda harakatlanayotgan vagonlar va boshqa turdagi harakatlanuvchi tarkibning tezligini kamaytirish yoki tо‘xtatish uchun qo‘llanadigan moslama. Temiryo‘lchilikda vagon g‘ildiraklari ostiga qo‘yiladigan maxsus temir yoki boshqa materialdan yasalgan qurilmani anglatadi. |
Boshmoq |
Boshmoq (terminologik tushunchani ifodalay oladi)
|
|
|
БГС |
Tayyor texnologik yarim mahsulotni donalab quritib beruvchi qurilma. |
DQU |
DQU (Donalovchi quritish uskunasi) (terminologik tushunchani ifodalay oladi) |
|
|
Блокчейн (blockchain) |
Blockchain (ing.) – to‘siqlar zanjiri, ma’lum bir qonuniyat asosida qatorlashgan, bir-biriga bog‘langan to‘siqlar. |
Блокчейн |
Zanjirblok (terminologik tushunchani ifodalay oladi)
|
|
|
Бонус |
Bonus (lot.) – yaxshi, yaxshi sifatli, foydali. Keyinchalik bu so‘z ingliz tiliga o‘zlashib, “mukofot” ma’nosini olgan. |
Qo‘shimcha siylov |
Siylama (terminologik tushunchani ifodalay oladi) |
|
|
БПЛА (Беспилотный летательный аппарат) |
Uchuvchisiz uchadigan apparat – Uchuvchisiz parvozni amalga oshiradigan yoki toʻliq boshqa joydan masofadan turib boshqariladigan yoxud dasturlashtirilgan va parvozda toʻliq avtonom boʻlgan havo kemasi (havo kemalari modellari va oʻyinchoq havo kemalari modellari bundan mustasno). |
UUA (Uchuvchisiz uchadigan apparat) |
UHA (Uchuvchisiz havo apparati) (terminologik tushunchani ifodalay oladi)
|
|
|
Брекет |
Брекет (rus) – stomatologiyada qiyshiq tishlarni toʻgʻrilashda foydalaniladigan moslama. |
Tish toʻgʻrilagich |
Tishsim (terminologik tushunchani ifodalay oladi) |
|
|
Бренд |
Brend (ing.: brand — tamgʻa, belgi, rend ) – tovar yoki xizmatni boshqa tovar yoki xizmatdan ajratib turuvchi nom. |
Belgi, tamgʻa, nishona, iz, ifoda, alomat |
Xosnom (terminologik tushunchani ifodalay oladi) |
|
|
Вебинар |
Webinar (ing. web – internet va seminar soʻzining birikmasi) – tarmoqda oʻtkaziladigan seminar. |
Masofaviy seminar |
Vebmashgʻulot (terminologik tushunchani ifodalay oladi) |
|
|
Вербал мулоқот |
Verbal (lot. verbalis – ogʻzaki) – ogʻzaki muloqot shakli. |
Ogʻzaki muloqot |
Ogʻzaki muloqot (terminologik tushunchani ifodalay oladi) |
|
|
Вертолёт |
Vertolet (rus.) – aylanma parraklar yordamida tik koʻtarilish, uchish va qo‘nish xususiyatiga ega havo transporti. |
Tikuchar |
Tikuchar (terminologik tushunchani ifodalay oladi) |
|
|
ВК (Воздушный компрессор) |
Gаz yoki gaz aralashmalarining bosimini oshirib beruvchi texnik qurilma. |
HK (Havo kompressori) |
HK (terminologik tushunchani ifodalay oladi) |
|
|
ВОЦ (водооборотный цикл) |
Suv aylanishi – turli texnologik uskunalar yordamida sanoat ehtiyojlari uchun ishlatiladigan suvni sovitish va tozalash uchun moʻljallangan tizim. |
SAT (Suv aylanish tizimi) |
SAT (Suv aylanish tizimi) (terminologik tushunchani ifodalay oladi) |
|
|
ГПЭС (Газопоршневая электростанция) |
Gaz porshenli elektr stansiyasi –porshenli ichki yonish dvigatelli generatsiya tizimi. U ikki turli energiya (issiqlik va elektr) ishlab chiqarishi mumkin va bu jarayon kogeneratsiya deyiladi. Gaz porshenli elektr stansiyasi tabiiy yonuvchan yonilgʻida va asosan gazda ishlaydi. |
GPES (Gaz porshenli elektr stansiyasi) |
GPES (terminologik tushunchani ifodalay oladi)
|
|
|
Дайжест |
Dayjest (ing.) – qisqa xabarlar. “Daily news digest” – kundalik yangiliklar qisqa hisoboti; financial digest – moliyaviy tahlil; research digest – tadqiqot xulosasi. |
Qisqa bayon, maʼlumot bermoq. Kunlik yangiliklar sharhi Haftalik xulosa Tahliliy hisobot
|
Qisqa xabarlar (terminologik tushunchani ifodalay oladi)
|
|
|
Дедлайн |
Dedlayn (ing. deadline) – oxirgi muddat. |
Oxirgi muddat, bajarish muddati |
Soʻngmuddat (terminologik tushunchani ifodalay oladi) |
|
|
Декорация |
Decoration (fr.: decorer – bezamoq, bezatmoq) – sahnada tasvirlanayotgan voqea-hodisa oʻrni va sharoitini aks ettiradigan sunʼiy manzara, badiiy jihoz. |
Bezak |
Sahnabezak (terminologik tushunchani ifodalay oladi) |
|
|
Депозит |
Depozit (lot. depositum – omonat, asrab qoʻyilgan) – bankka qoʻyilgan omonatlar. |
Omonat |
Omonat (terminologik tushunchani ifodalay oladi) |
|
|
ДПО |
Rus tilidan olingan. Maydalash-yanchish boʻlinmasi. Fosforit rudasini barabanli quritkichda quritib, tegirmonda maydalash va yanchish boʻlinmasi. |
MYB |
MYB (terminologik tushunchani ifodalay oladi) |
|
|
ЕЭС |
Bir yoki bir necha mamlakatlar ichidagi ulkan hududlarni energiya bilan taʼminlash uchun ikki yoki undan ortiq energiya tizimlarining kombinatsiyasi. |
YET |
YET (Yagona elektr tizimi) (terminologik tushunchani ifodalay oladi)
|
|
|
Инвентаризация |
Inventarizatsiya (nem. Inven-tarization <lot. Inventarium – roʻyxat, roʻyxatga olish) – korxona, muassasa kabilarning ixtiyoridagi ashyolarning mavjudligi, qanday saqlanayotganligi, ombor xoʻjaligi boʻyicha maʼlumotlarni davriy ravishda tekshirishdan oʻtkazish, yoʻqlama qilish. |
Roʻyxatga olish |
Xatlov (terminologik tushunchani ifodalay oladi; oʻzbek tilida bu ma’noda qoʻllanadi)
|
|
|
Интерактив |
Interaktiv (ing. inter – oʻzaro, birgalikda; act – harakat qilmoq) – hamkorlikka asoslangan taʼlim turi. |
Hamkorlik |
Interfaol (terminologik tushunchani ifodalay oladi) |
|
|
Ирригация |
Irrigatsiya (lot. irrigatio – sugʻorish) – oʻsimliklarni oqizib yoki tomchilatib sugʻorish. |
Sugʻorish |
Sugʻorish (terminologik tushunchani ifodalay oladi) |
|
|
КВФ |
Texnologik yarim tayyor mahsulotni filtrlab beruvchi aylanma vakuum uskuna. |
AVF |
AVF
|
|
|
Комментарий |
Commentary (ing.) – hodisa yoki vaziyat haqida fikr bildirish yoki tushuntirish berish. |
Sharh |
Sharh, izoh (terminologik tushunchani ifodalay oladi) |
|
|
Коммуникация |
Komminikatsiya (ing. commini-cation – aloqa) – ma’lum bir signallar orqali maʼlumot yеtkazish jarayoni. |
Muloqot |
Aloqa (terminologik tushunchani ifodalay oladi) |
|
|
Копирайтинг |
Kopirayting (ing. Copywrithing – matn yozish) – kuchli, taʼsir qiluvchi, harakatga undovchi matnlar orqali biznes muammolariga yechim berish. Yechimlar esa mijozlar ishonchini qozonish va sotuvlarni oshirish orqali paydo qilinadi. |
Tijorat matnlarini yaratish, matn tuzish |
Tijoriy matn yozish (terminologik tushunchani ifodalay oladi)
|
|
|
Криптовалюта |
Kripto (ing. shifrlash) + valyuta (lot. qadr-qiymat) – raqamli pul. |
Raqamli valyuta |
Kriptopul (terminologik tushunchani ifodalay oladi) |
|
|
Лайфхак |
Layfhak (ing.) – foydali maslahat, ayyorlik. |
Sara yechim |
Sarayechim (terminologik tushunchani ifodalay oladi) |
|
|
ЛВФ |
Yarimtayyor mahsulotni filtrlovchi tasmali vakuum uskunasi. |
TVF |
TVF (terminologik tushunchani ifodalay oladi)
|
|
|
Лимит |
Limit (lot. limes – chek, chegara) –muayyan narsa yoki ashyoning belgilangan me’yor darajasi. |
Cheklov |
Me’yoriy chegara (terminologik tushunchani ifodalay oladi) |
|
|
Листогибочный станок |
Taboqli (listli) metallarni egib beruvchi uskuna – bu ishlab chiqarish maqsadlarida, asosan, metall lavha mahsulotlarini bukish uchun ishlatiladigan mashina. |
Taboq (list) eguvchi uskuna |
Taboq (list) eguvchi uskuna (terminologik tushunchani ifodalay oladi) |
|
|
Миксер |
Mikser (ing. mixer – aralashtirgich) – u yoki bu narsani aralashtirib beruvchi qurilma. |
Aralashtirgich, koʻpirtirgich |
Qorgich (terminologik tushunchani ifodalay oladi; shaklan ixcham)
|
|
|
Негатив |
Negative (lot.) – manfiy, salbiy |
Salbiy, negative odam – qorafikr odam |
Salbiy (terminologik tushunchani ifodalay oladi) |
|
|
Палатка |
Dala-togʻ sharoitida vaqtincha turish, tunash uchun tiklanaladigan boshpana. |
Palatka |
Chodir (terminologik tushunchani ifodalay oladi) |
|
|
ПДО |
Atrof-muhitga zarar keltirmaslik uchun ruxsat etilgan, qonuniy me’yordagi chiqindi miqdori, massasi. |
RECh |
MECh (Man etilmagan chiqindilar) (terminologik tushunchani ifodalay oladi) |
|
|
Пенaпласт |
Пенaпласт (rus. пено – poʻkak + пласт – polimer modda) – qurilish xomashyosi. |
Poʻkak |
Poʻkak (terminologik tushunchani ifodalay oladi) |
|
|
Пенaблок |
Пенaблок (rus. пено – poʻkak + ing. bloc – boʻlak) – qurilish xomashyosi. |
Poʻkak gʻisht |
Poʻkak gʻisht (terminologik tushunchani ifodalay oladi) |
|
|
Пеня |
Penya (lot. poena – jazo, qiynoq) – shartnomaviy yoki huquqiy qarzlarning kechikishi yoxud buzilishini jazolash uchun belgilangan mablag‘; shartnomada koʻrsatilgan muddatda to‘lanmagan yoki kechiktirib toʻlangan pul yoki xizmat uchun olinadigan jazo mablag‘i. |
Kechikma |
Kechikma puli (terminologik tushunchani ifodalay oladi) |
|
|
Полигон ТБО (твердые бытовые отходы) |
Qattiq maishiy chiqindilar – turarjoy, jamoat binolari, savdo doʻkonlari, koʻngilochar maskanlar va boshqa korxonalardan chiqadigan chiqindilar. |
QMCh poligoni (Qattiq maishiy chiqindilar) |
QMCh maydoni (terminologik tushunchani ifodalay oladi) |
|
|
Пробел |
Probel (rus. про- old qoʻshimcha + белый – oq) – ikki so‘z orasida qoldiriladigan bo‘shliq, oraliq joy. |
Boʻshliq, orachiq |
Boʻshliq (terminologik tushunchani ifodalay oladi) |
|
|
Раковина |
Rakovina (rus. chig‘anoq, chanoq) – uy-roʻzgʻor buyumi. |
Chigʻanoq, chanoq |
Chanoq (terminologik tushunchani ifodalay oladi) |
|
|
Распродажа |
Распродажа (rus.) – sotib bitirish, sotib tugatish. |
Sotib tugatish, ulgurji, ko‘tarasiga |
Arzonsotuv (terminologik tushunchani ifodalay oladi) |
|
|
Реванш |
Revansh (fr. revanche – qasos, mag‘lubiyat to‘lovi) – mag‘lubiyat uchun qayta kurash. |
Qayta kurash, qayta jang |
Qayta kurash (terminologik tushunchani ifodalay oladi) |
|
|
Реелс |
Reels (ing.) – qisqa video. |
Qisqa video |
Qisqa lavha (terminologik tushunchani ifodalay oladi) |
|
|
Рубильник |
Rubilnik (rus. uzmoq, kesmoq) –katta kuchlanishli tokni uzuvchi va ulovchi qurilma. |
Uzgich |
Uzgich (terminologik tushunchani ifodalay oladi) |
|
|
СБ |
Rus tilidan olingan. Barabanli quritgich. Yuvilgan yoki yuvilmagan fosforit rudasini tabiiy gazni yoqish evaziga qurituvchi uskuna. |
BQ |
BQ (Barabanli quritkich) (terminologik tushunchani ifodalay oladi) |
|
|
СИ (Сунъий интеллект) |
Sunʼiy intellekt (ing. artificial intelligence, AI –“sunʼiy intellekt”) – inson intellektiga taqlid qilishga qodir boʻlgan mashinalar yaratishga qaratilgan fan va texnologiya sohasi.
|
SO Sunʼiy ong |
SI (Sunʼiy intellekt) (terminologik tushunchani ifodalay oladi) |
|
|
Симптом |
Simptom (yun. Symptome – belgi, alomat) – biror kasallik yoki patologik holatning belgisi.
|
Belgi, alomat |
Belgi, alomat (terminologik tushunchani ifodalay oladi) |
|
|
Суғориш режими |
Sugʻorish rejimi – almashlab ekish tarkibidagi ekinlarga suv berish normasi, muddati va sonini optimal uygʻunlashtirish; muayyan sharoitlarda ekinlardan eng yuqori hosil olishni taʼminlaydi. |
Sugʻorish tartibi |
Sugʻorish tartibi (terminologik tushunchani ifodalay oladi)
|
|
|
Суфлёр |
Suflyor (fr.: souffleur, souffler –puflamoq, nafas olmoq; sekin aytib turmoq) – sahna ortida turib, aktyorga rolining soʻzlarini aytib beruvchi teatr xodimi. |
Shivirchi, pichirlovchi |
Shivirchi (terminologik tushunchani ifodalay oladi)
|
|
|
Транскрипт |
Transkript (ing. transcript – koʻchirilgan matn) – taʼlimning tegishli davrida oʻzlashtirilgan kreditlar va baholarning yozma ifodasi boʻlib, unda oʻrganilgan fan va ballar koʻrsatiladi. |
Bahonoma (oliy taʼlim tizimida qoʻllanadi) |
Bahonoma (terminologik tushunchani ifodalay oladi)
|
|
|
Тренинг |
Trening (ing. training – taʼlim, malaka oshirish, mashq) – kadrlar malakasini oshirish uchun tajribali mutaxassis tomonidan oʻtiladigan mashgʻulot. |
Mashgʻulot, malaka oshirish |
Mashgʻulot (terminologik tushunchani ifodalay oladi) |
|
|
Фитнес |
Fitnes (ing. fitness – moslik, moslashish) – tana tuzilishini chiroyli qilish, jismoniy sogʻlom boʻlish uchun moʻljallangan jismoniy mashgʻulot. |
Kunlik mashqlar, tana shakli uchun harakatlar, moslashtirish, shakllantirish |
Badantarbiya (terminologik tushunchani ifodalay oladi)
|
|
|
Фитосанитария |
Fitosanitariya (fr. phyto + sanitaire – “santé des plantes”) – oʻsimliklar va oʻsimlik mahsulotlari uchun zararli organizmlarning kirib kelishi, paydo boʻlishi yoki tarqalishi natijasida yuzaga keladigan xavflardan himoya qilish, atrof-muhitni yaxshilashga qaratilgan ilmiy asoslangan chora-tadbirlarni amaliyotda qoʻllash). |
Oʻsimlik va oʻsimlik mahsulotlarini turli xavflardan himoya qilishga qaratilgan choralar |
Fitohimoya (terminologik tushunchani ifodalay oladi)
|
|
|
Фостер оила |
Foster oila (ing.) – bir yoki bir necha bolani o‘z qarmog‘iga olgan oila. |
Tutingan oila, parvarishlovchi oila, g‘amxo‘rlik qiluvchi oila |
Vasiy oila (terminologik tushunchani ifodalay oladi) |
|
|
Фрилансер |
Frilanser (ing. freelancer) – yollanma ishchi, odatda, oʻzini oʻzi ish bilan taʼminlovchi, ish beruvchiga bogʻlanib qolmagan, oʻz xizmatini masofadan taklif etib ishlovchi kishi. |
Yollanma ishchi, oʻzini ish bilan taʼminlovchi |
Erkin ishchi (terminologik tushunchani ifodalay oladi)
|
|
|
Фумигация |
Fumigatsiya (lot. fumigation – dudlash) – oʻsimliklar karantini obyektlari, boshqa zararli organizmlarni yoʻq qilish maqsadida ularni kimyoviy vositalarning gazlari bilan zararsizlantirish. |
Oʻsimliklarni kimyoviy zararsizlantirish |
Kimyoviy zararsizlantirish (terminologik tushunchani ifodalay oladi)
|
|
|
Хештег |
Xeshteg (ing. hashtag – хesh belgisi) – ijtimoiy tarmoqlarda xabarlarni guruhlash uchun ishlatiladigan belgi. |
Teg, belgi, kalit so‘z |
Kalitso‘z (terminologik tushunchani ifodalay oladi) |
|
|
Хостел |
Xostеl (fr.: hostel – uy, boshpana) – yosh sayyohlar uchun moʻljallangan, arzon yashash joyi boʻlib, u yеrda koʻpincha yotoqxona uslubidagi oʻrin-joylar taklif qilinadi, baʼzan esa oziq-ovqat va rejalashtirilgan tadbirlar ham tashkil qilinadi. |
Qoʻnoqxona |
Qoʻnoqxona (terminologik tushunchani ifodalay oladi) |
|
|
Эможи |
Emoji (ing. – yuz ifodasi) – imo-ishora. |
Ishora |
Imo (terminologik tushunchani ifodalay oladi; shaklan ixcham) |
Сиёсат
Илм-фан
Жамият
Сиёсат
Жамият
Жамият
77414
Жамият
56531
Жамият
55717
Жамият
50781
Жамият
//
Изоҳ йўқ