Жамият
Xorijda moddiy jihatdan og‘ir vaziyatga tushib qolgan 270 nafar O‘zbekiston fuqarosiga 2025-yil noyabrida jami 100 ming AQSH dollari miqdorida moddiy yordam ajratildi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar berdi.
Vazirlik noyabr oyida Tashqi ishlar vazirligi hamda mamlakatning xorijdagi diplomatik va konsullik vakolatxonalari O‘zbekiston fuqarolarining qonuniy huquqlari va manfaatlarini himoya qilish borasida amalga oshirilgan boshqa ishlari haqida ham ma’lumot berdi.
Unga ko‘ra, konsullik-huquqiy faoliyat doirasida 16 972 nafar O‘zbekiston fuqarosiga konsullik xizmatlari ko‘rsatildi. Chet elda mehnat faoliyati bilan shug‘ullanish istagini bildirgan 870 nafar fuqaroni ish bilan ta’minlashga ko‘maklashildi. Vaqtincha saqlash muassasalarida bo‘lgan 180 nafar fuqaro ozod qilindi. Murakkab sharoitdagi ishsiz, voyaga yetmagan yoki boquvchisiz qolgan 157 nafar o‘zbekistonlik, shuningdek, odam savdosi qurboni bo‘lgan 5 nafar fuqarolar vatanga qaytarildi.
Shuningdek, xorijdagi vatandoshlar ishtirokida 114 dan ortiq madaniy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazilib, ularda 10 mingga yaqin o‘zbekistonliklar jalb etildi.
Mazkur davrda jismoniy va yuridik shaxslardan 18 960 ta murojaat qabul qilingan. Ulardan 18 140 tasi vazirlik Konsullik-huquqiy departamenti hamda mas’ul tashkilotlar tomonidan hal etilgan bo‘lsa, qolgan 820 tasi tegishli manzillarga yo‘naltirilgan.
Barcha murojaatlar belgilangan tartibda ko‘rib chiqilib, murojaatchilarga o‘z vaqtida zarur konsullik-huquqiy yordami ko‘rsatilgan.
Bir oy davomida chet el fuqarolari uchun O‘zbekistonga kirish bo‘yicha 20 591 ta viza rasmiylashtirilgan.
Жамият
Жамият
Жамият
Жамият
Жамият
Жамият
77414
Жамият
56531
Жамият
55717
Жамият
50781
Жамият
//
Изоҳ йўқ