Жамият
“O‘zgidromet” rahbari Toshkent viloyatidagi tog‘larda qor ko‘chish xavfi borligidan ogohlantirdi.
Aytilishicha, 5—7-noyabr kunlari havo haroratining keskin o‘zgarishi sababli Bo‘stonliq, Ohangaron va Parkent tumanlarining (Chotqol tizmasining tog‘lari) tog‘li hududlarida dengiz sathidan 2 000 metr balandlikda qor ko‘chish xavfi bor.
“Tog‘li hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolar, dam oluvchilar hamda tog‘li hududlarda harakatlanuvchi haydovchilardan ehtiyotkorlik choralarini ko‘rishlarini so‘raymiz”, deyiladi tezkor gidrometeorologik axborotda.
Prognozlarga ko‘ra, 5—6-noyabr kunlari respublikaning barcha hududlariga sovuq va nisbatan nam havo massalari kirib keladi. Respublika bo‘yicha ob-havoning keskin o‘zgarishi kutilmoqda. Shu kunlarda havo harorati asta-sekin pasayadi va kechalari 0-3 daraja iliqni tashkil etadi, ba’zi joylarda sovuq bo‘lishi mumkin, kunduz kunlari 5-10 daraja iliqqacha bo‘ladi.
Жамият
Жамият
Маданият
Жаҳон
Сиёсат
Сиёсат
77348
Жамият
56489
Жамият
55688
Жамият
50740
Жамият
//
Изоҳ йўқ