Jamiyat
Qashqadaryo viloyati Koson tumani “Yuqori obron” mahallasida zamonaviy 14 ta uy-joylar qurilib, foydalanishga topshirildi. Ahamiyatlisi, bu uylar ehtiyojmand, nogironligi bor va kam taʼminlangan oilalarga bepul qurib berildi.
Bu savobli ish haqida qoʻshimcha maʼlumot olish uchun oyina.uz muxbiri viloyat hokimligi Axborot xizmati bilan bogʻlandi. Qayd etilishicha, ish boshida kosonlik tadbirkorlardan biri turibdi. Ammo u shaxsini sir qolishi istagan. Shu sabab qoʻshimcha maʼlumot olish imkoni boʻlmadi.
Faqatgina turar-joylarning har birining qiymati 1 mlrd soʻmdan oshishi maʼlum. Uylar barcha jihozlar bilan ham taʼminlangan.
Uy-joylarga allaqachon aholi koʻchib oʻtgan. Ularga koʻra, uyda nafaqat mebel, balki oziq-ovqat mahsulotlari ham mavjud.
“Tadbirkor oʻzini tanishtirishni istamadi. Kimligini bilmaymiz.
Hamma sharoitlari bor yangi uyimizni. Hatto yogʻdan tortib, muzlatgichda goʻsht ham bor ekan. Turmush oʻrtogʻim yetim edi. Uyimiz yoʻqligi sabab qiynalib yurgan edik.
Birinchi eshitganda hayajondan yigʻladik. Tekinligiga, sovgʻaligiga umuman ishonmadik. Rostdan ham sovgʻa boʻlib chiqdi.
Kim boʻlsa ham bizga ota-ona qiladigan ishni qilib berdi. Hozir uyimizda gaz bor. Hamma narsa yetarli qilib qoʻyilgan. Qoʻshnilar bilan tanishdik. Hech kim oʻziga, koʻziga ishona olmayapti”, deydi xonadon egalaridan biri, Abdurayimova Maʼmura.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
5 Izohlar
DILAFRUZ ABDINABIYEVA
10:07 / 06.07.2023
Olloh rozi bo‘lsin shu insonlardan 🤲. Mirishkor tumanilik tadbirkorlar ham o‘rganishsin shunaqa savob ishlarni. Shunda menga o‘xshagan yolg‘iz onalar qiynalib ijarada yashab yurmas edi
Shoxrux Usmonov
23:07 / 05.07.2023
Kosonda saxovatpesha boylar juda koʻp)
Gunesh
12:01 / 01.01.1970
Dunyoda shunaqa insonlar hali mavjudligidan xursand boldim va qanchadan qancha insonlarni g'oyibona duosiga sazavvor bolayotganiga havas qildim.Respect!Barakasini bersin!
K
12:01 / 01.01.1970
Alloh rozi bo‘lsin ,ishlariga baraka bersin,
Shodiyor
12:01 / 01.01.1970
Hamma ham moddiy jihatdan barobar emas shunday ekan ehtiyojmand kishilarni e'tiborga olish muhimdir, yaxshi yashashga hamma haqli. Saxovatli boylarimiz ko'payaversin, ulardan Alloh rozi bo'lsin.