Yozuvchilar uyushmasi raisi Sirojiddin Sayyid “Har bir inson hayoti davomida oʻqishi shart boʻlgan 10 kitob” tavsiya qiladi


Saqlash
23:54 / 10.07.2023 1612 1

Oyina.uz portali 100 kun mobaynida oʻzbekning 100 ziyolisidan “HAR BIR INSON HAYOTI DAVOMIDA OʻQISHI SHART BOʻLGAN 10 KITOB” tavsiyasini berib boradi.

 

Loyihaning 5-kuni Yozuvchilar uyushmasi raisi, Oʻzbekiston xalq shoiri Sirojiddin Sayyid “Har bir inson hayoti davomida oʻqishi shart boʻlgan 10 kitob” tavsiya qiladi.

 

1. Qurʼoni karim

2. “Alpomish” va boshqa dostonlar

3. Alisher Navoiy, “Mukammal asarlar toʻplami”

4. Zahiriddin Muhammad Bobur, “Boburnoma” asari

5. Furqat, “Gʻazallar” devoni va “Hajnoma” asari

6. Abdulla Qodiriy, “Oʻtkan kunlar” romani

7. Choʻlpon, “Kecha va kunduz” romani

8. Gʻafur Gʻulom, “Shum bola” qissasi

9. Lev Tolstoy, “Urush va tinchlik” romani

10. Ernest Heminguey “Alvido, qurol” romani.

 

Sirojiddin Sayyid 1958-yili Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanidagi Kundajuvoz qishlogʻida tugʻilgan. “Ruhim xaritasi”, “Salqin xarsanglar kaftida”, “Asragil”, “Mehr qolur, muhabbat qolur”, “Kuydim”, “Vatanni oʻrganish”, “Ustimizdan oʻtgan oylar”, “Qaldirgʻochlarga ber ayvonlaringni” va boshqa toʻplamlari nashr etilgan. Voznesenskiyning “Mangu rizq” asarini tarjima qilgan. “Doʻstlik” (1999), “Mehnat shuhrati” (2021) ordeni sovrindori, Oʻzbekiston xalq shoiri (2006). Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi, senator.

 

 

Loyihaning birinchi, ikkinchi, uchinchi, toʻrtinchi kun qahramonlari tavsiyalari bilan tanishing.

 

 

“Oyina.uz”ning Telegram'dagi rasmiy kanaliga aʼzo boʻling!

1 Izoh

Dilshod

15:07 / 11.07.2023

Juda kerakli kitoblarni yozibsiz. Faqat birinchisini to'liq o'qigan emasman. Hazrat Navoiyning diniy mavzudagi adabiyotlarini ham to'liq o'qiy olgan emasman. Hazm qilish qiyinroq bo'lyapti. Qanday maslahatlar bera olasiz. Ustoz, maslahatlaringiz uchun oldindan rahmat.

Izoh qoldirish

So‘nggi maqolalar

Barchasi

Adabiyot

11:09 / 13.09.2024 0 280
Ayollarga nega “Shaxsiy xona” kerak?





Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Adabiyot

18:04 / 05.04.2024 0 20367
Yaponiya sotuvga qo‘yiladi

//