Madaniyat
Kuni kecha Toshkent kinofestivalida turk kinoyulduzlari oʻrtasida mojaro yuzaga kelgani haqida xabar bergan edik.
Holat yuzasidan Oʻzbekiston Kinematografiya agentligi huzuridagi «Media klub» bayonot berdi.
Qayd etilishicha, Turkiya madaniyat va turizm vaziri oʻrinbosari Axmet Misbah Demirjan 15-sentyabr kuni XIV Toshkent xalqaro kinofestivali doirasida boʻlib oʻtgan Turk kinosi kunlari tadbiridagi anglashilmovchilik uchun rasman uzr soʻradi va vaziyatga izoh bergan.
Turkiya madaniyat va turizm vaziri oʻrinbosariga koʻra, tadbir yuqori darajada oʻtkazish uchun tashkilotchilar tomonidan barcha choralar koʻrilgan. Ayniqsa, oʻzbek tomoshabinlarining ikki davlat madaniyati, kinosiga boʻlgan hurmat, eʼtiborini hisobga olgan holda Hind va Turk kino kunlarini oʻtkazishga alohida tayyorgarlik koʻrilgani ikki mamlakat vakillari va kinoijodkorlarini quvontirgan.
«Tadbir ssenariysi boʻyicha marosimga taklif etilgan barcha, 11 nafar turk kinoyulduzlari birgalikda sahnaga chiqishlari, muxlislar qarshisida birgalikda oʻtirishlari kerak edi. Buni sahnada 3ta stulning boʻsh qolishidan ham bilish mumkin.
Har bir kinoyulduzning oʻziga yarasha xarakteri bor, hamkasblar oʻrtasidagi munosabat ularning oʻz ichki ishi, sahnaga chiqish yoki chiqmaslik, kim bilan oʻtirish yo oʻtirmaslik masalasi har kimning oʻz tanlovidir.
Shu oʻrinda Turkiya madaniyat va turizm vazirligi yuqori darajadagi tashkilotchilik uchun Oʻzbekiston Kinematografiya agentligiga oʻzining chuqur minnatdorchiligini bildiradi. Yuzaga kelgan holat uchun tashkilotchilarni ayblamaslikni soʻraydi», deya maʼlum qilgan Axmet Misbah Demirjan.
Eslatib oʻtamiz, holat Nurgul Yashilchoy va Burak Oʻzchvitning boshqa kinoyulduzlar bilan birgalikda sahnaga chiqmaganligi sabab yuzaga kelgan.
Siyosat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q