Jamiyat
Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon viloyatining Oltinkoʻl tumanidagi maktab oʻqituvchilari majburiy mehnatga jalb qilingani haqida xabar tarqaldi. Keyinchalik mazkur holat tuman hokimligi nazoratiga olingani maʼlum boʻldi.
Oltinkoʻl tuman hokimligi tomonidan ushbu holat yuzasidan qoʻshimcha maʼlumot berildi. Maʼlum qilinishicha, holat Davlat mehnat huquq inspeksiyasi tomonidan oʻrganilgan. Oʻrganish davomida majburiy mehnatga yoʻl qoʻyganlik holati oʻz tasdigʻini topmagan.
Biroq Mehnat kodeksining 125-moddasi “Ish beruvchi har bir xodimning haqiqatda ishlagan ish vaqtini, shu jumladan, ish vaqtidan tashqari ishlagan vaqtini oʻz vaqtida aniq hisobga olib borishi shart”, deb qayd etilgan talablari buzilganlik holati aniqlandi, — deyiladi munosabatda.
Qayd etilishicha, 29-avgust kuni maktabdagi mehnat vazifasini bajarmagan va kelishuv asosida ish haqi evaziga sinf xonasini taʼmirlagan xodimga tabel ishlaganligi aniqlangan.
Aniqlangan holat yuzasidan maktab direktoriga nisbatan Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 49-moddasi 1-qismiga muvofiq bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravari miqdorida jarima jazosi tayinlangan.
Siyosat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q