Samarqandda arxeologiya instituti tashkil etiladi

Saqlash
15:17 / 16.09.2022 648 0

“Yahyo Gʻulomov nomidagi Samarqand arxeologiya instituti va uning buxoro filiali faoyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi Vazirlar Mahkamasi qarori qabul qilindi.

 

Qarorga qoʻra, institut Fanlar akademiyasidan Madaniy meros agentligi tuzilmasiga oʻtkazildi. Institutning yuridik shaxs boʻlmagan Buxoro filialini tashkil etiladi.

 

Institutning vazifalariga quyidagilar kiradi:

 

– qadimgi tosh asridan boshlab rivojlangan oʻrta asrlarni oʻz ichiga olgan Markaziy Osiyoning moddiy va maʼnaviy madaniyati tarixini oʻrganish borasida fundamental tadqiqotlar olib borish;

– tadqiq etiladigan davrlar madaniyatlari xronologiyasini va davrlashtirilishini ishlab chiqish;

– Oʻzbekiston hududining ibtidoiy odamlar tomonidan oʻzlashtirilishini, sivilizatsiyaning shakllantirilishini, ilk shaharlar davlatchilik, qadimgi jamiyatlar dunyoqarashini, jahon dinlari paydo boʻlishini va rivojlanishini, savdo-sotiq munosabatlari va “Buyuk ipak yoʻli” tarixini oʻrganish;

– hunarmandchilik, metallurgiya va kon ishi, arxeologik yodgorliklarni aniqlash, arxeologik tadqiqotlar olib borish, xaritaga tushirish va ilmiy muomalaga kiritish;

– respublika hududidagi noyob arxeologik yodgorliklarni ochiq osmon ostidagi muzeylarga aylantirishning ilmiy asoslarini ishlab chiqish;

– arxeologik topilmalarni taʼmirlash uslubi va qadimiy texnologik usullarni tiklash hamda ushbu yoʻnalishda vakolatli organ tomonidan berilgan tegishli ruxsatnomaga ega boʻlgan arxeologiya tadqiqotlarini jalb qilish;

– arxeologiya sohasida ilmiy kadrlar tayyorlash, Institutning ilmiy yoʻnalishlaridan kelib chiqib, jahon ilm-fani yutuqlarini oʻrganish, ulardan foydalanishni hamda mahalliy va xalqaro miqyosda qoʻshma tadqiqotlar tashkil etish.

 

Shuningdek, institut respublika hududida olib borilayotgan arxeologik tadqiqotlarni ilmiy-uslubiy jihatdan yoʻnaltirish hamda tabiiy fanlarning zamonaviy tadqiqot uslublarini arxeologik izlanishlarga keng joriy qilish faoliyatini amalga oshiruvchi ixtisoslashtirilgan davlat ilmiy-tadqiqot muassasasi hisoblanadi.

 

Institut direktori Institutning Ilmiy kengashi tavsiyasiga koʻra bosh vazirning oʻrinbosari – turizm va madaniy meros vaziri bilan kelishilgan holda, Madaniy meros agentligi direktori tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi. Institut xodimlariga Fanlar akademiyasi ilmiy-tadqiqot muassasalarining tegishli lavozimlari uchun belgilangan mehnatga haq toʻlash va moddiy ragʻbatlantirish shartlari tatbiq etiladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//