Toshkentda sifatsiz dorilarni ishlab chiqaruvchi yashirin firma aniqlandi

Saqlash
21:35 / 15.09.2022 657 0

Toshkent viloyati Yangiyoʻl tumanida sifatsiz dori vositalarini ishlab chiqarish bilan shugʻullanuvchi yashirin sex faoliyatiga chek qoʻyildi, deya xabar bermoqda OʻzA.

 

Maʼlum qilinishicha, Yangiyoʻl tumani soliq inspeksiyasi xodimlari Bosh prokuratura huzuridagi department, DXX Toshkent viloyati boʻyicha boshqarmasi, tuman IIB xodimlari hamkorligida «Regishton» MFYda tezkor tadbir oʻtkazgan.

 

Tadbirda fuqaro O.Jumayev va boshqalar jinoiy til biriktirib 44-sonli turar joy binosida sifatsiz dori vositalarini savdoga kiritish bilan shugʻullanuvchi yashirin sex tashkil etgani aniqlangan. Ular yaroqlilik muddati oʻtgan dori vositalarining yorliqlarini oʻzgartirib, savdoga chiqargan.

 

Tezkor tadbir ishtirokchilari O.Jumayevning uyidan 34 turdagi 445 ming 61 dona sifatsiz dori vositalarini, soxta shtamplar, muhr va printerni ashyoviy dalil sifatida olgan. Musodara qilingan dori vositalarining qiymati 3,18 milliard soʻmdan oshadi. Hozirda holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//