Jamiyat
Bugungi kunda O‘zbekiston hududida yoshi 100 va undan katta bo‘lgan 4600 dan ortiq daraxt bor. Eng keksa daraxtlar qaysi hududlarda o‘sadi va poytaxtdagi uzoq umr ko‘ruvchilarining ayrimlari qanday ko‘rinishga ega, bular haqida “Gazeta.uz” fotomateriali e’lon qilindi.
Ekologiya davlat qo‘mitasi Bioxilmaxillik va muhofaza etiladigan tabiiy hududlar bosh boshqarmasi (Davbionazorat) ma’lumotlariga ko‘ra, 2020-yil bahorida O‘zbekistonda yoshi 100 va undan katta bo‘lgan 4682 tup daraxt bor edi. Ularning ko‘pchiligi Toshkent viloyatining tog‘li hududlarida o‘sadi va asosan archalardan iborat.
Davlat biologik nazorati rahbari Abdurashid Sodiqov ma’lum qilishicha, yoshi 100 va undan katta bo‘lgan barcha daraxtlar davlat muhofazasiga olingan. Daraxtlarning navbatdagi inventarizatsiyasi (tekshiruv o‘tkazish) 2022-yilning bahorida, o‘simliklarning vegetatsiya davrida bo‘lib o‘tadi – shundan keyin qancha daraxt o‘sishda davom etayotgani va qanchasi nobud bo‘lgani ma’lum bo‘ladi.
Toshkentdagi yuz yoshdan oshayotgan daraxtlar asosan shahar markazida to‘plangan.
Masalan, Knyaz Romanov saroyi hududida yuz yoshdan oshgan 14 tup daraxt o‘sadi. Ular orasida 8 ta eman, 4 ta chinor, Qrim qarag‘ayi va kashtan bor. Saroy hududi yaqinida yana uch tup eman daraxti va ikki tup faxriy yoshdagi chinorlar joylashgan.
Har bir daraxtning alohida ma’lumotlari bo‘lib, ularda daraxtning turi va ekilgan yili ko‘rsatilgan.
Ko‘plab uzoq umr ko‘radigan o‘simliklarning tashqi qiyofasi daraxtlarga bo‘lgan munosabatni ko‘rsatib beradi. Agarda daraxt biron bir muhofaza qilinadigan obyekt hududida joylashmagan bo‘lsa, ko‘p hollarda uning ko‘rinishi yomon holatda bo‘ladi.
O‘simliklarda kasallik alomatlari va tajribasizlik bilan butalgan holatlar uchrab turadi. Tabiat yodgorliklari yaqinida reklama video ekranlarining o‘rnatilishi tadbirkorlarning manfaatlari nomoddiy qadriyatlar, meros va bioxilmaxillikdan ustun ekanini anglatadi.
Muhofaza qilinadigan hududlardan tashqarida mo‘jizaviy tarzda saqlanib qolgan eski daraxtlar ham bor. Ulardan biri – qari eman daraxti Yahyo G‘ulomov ko‘chasidagi 11-uy yonida o‘sadi.
Biz ushbu ma’lumotlar orqali poytaxtdagi asriy daraxtlarning saqlanishini nazorat qilish imkoniga ega bo‘lamiz. Daraxtlarni asrash esa barchamizning vazifamiz.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q