Jamiyat
Sudyalar oliy kengashining qarori bilan besh nafar sudyaning vakolatlarini muddatidan ilgari tugatildi. Bu haqida kengash matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Buxoro viloyati jinoyat ishlari boʻyicha Buxoro shahar sudining sudyasi S. Badriddinov sudyalik qasamyodini hamda Sudyalar odobi kodeksi talablarini buzganligi, Surxondaryo viloyati fuqarolik ishlari boʻyicha Termiz tumanlararo sudining sudyasi N. Baratov va Toshkent viloyati fuqarolik ishlari boʻyicha Chirchiq tumanlararo sudining sudyasi F. Djalalova odil sudlovni amalga oshirish chogʻida qonuniylikni buzganliklari uchun lavozimidan ozod etilib, vakolatlari muddatidan ilgari tugatildi.
Shuningdek, Toshkent viloyati Nurafshon tumanlararo maʼmuriy sudining raisi B. Normamatov oʻz arizasi koʻra, Sirdaryo viloyat sudining iqtisodiy ishlar boʻyicha sudyasi X. Nabiyev vafot etganligi sababli vakolatlari muddatidan ilgari tugatilib, lavozimidan ozod qilindi.
Jamiyat
Jamiyat
Jahon
Madaniyat
Jahon
Siyosat
110903
Jamiyat
94482
Jamiyat
90406
Jamiyat
74370
Jamiyat
//
Izoh yo‘q