Siyosat
Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Eron Prezidenti Ibrohim Raisiy ikki mamlakat oʻrtasidagi koʻp qirrali hamkorlikni yanada kengaytirish masalalarini muhokama qilmoqda. Bu haqida Prezident matbuot xizmati xabar qildi.
Diqqat markazida - oʻzaro savdo hajmini oshirish, kooperatsiyani kuchaytirish, sanoat, innovatsiyalar, qishloq xoʻjaligi, energetika, transport va logistika, boshqa ustuvor yoʻnalishlarda qoʻshma loyihalarni amalga oshirish.
Mintaqada samarali transport yoʻlaklarini rivojlantirish imkoniyatlari koʻrib chiqiladi.
Oʻzbekiston va Eron yetakchilari dolzarb mintaqaviy masalalar, shu jumladan Afgʻonistonda yuzaga kelayotgan vaziyat, SHHT doirasidagi koʻp tomonlama hamkorlik masalalarini ham muhokama qiladilar.
Prezidentimiz bugun shuningdek, BMT bosh kotibi oʻrinbosari va Moʻgʻuliston rahbarlari bilan ham uchrashdi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
112209
Jamiyat
94887
Jamiyat
90975
Jamiyat
75754
Jamiyat
//
Izoh yo‘q