Toshkentda xalqaro kinofestival sababli bir qancha ko‘chalar yopiladi

Saqlash
16:09 / 14.09.2022 478 0

Bugun, 14- sentabr kuni “Ipak yoʻli durdonasi” XIV Toshkent xalqaro kinofestivali ochilishi munosabati bilan Toshkent shahrida bir qancha koʻchalarning qismlari transport harakati uchun yopiladi. Bu haqida “Toshshahartransxizmat” AJ matbuot xizmati xabar berdi.

 

Qayd etilishicha, Alisher Navoiy shoh koʻchasi, Labzak va Abay koʻchalari 17:00 dan 20:00 ga qadar yopiladi va avtobuslar harakatida oʻzgarishlar boʻladi.

 

Shuningdek, Chilonzor koʻchasi – soat 10:00 dan 17:00 gacha Novza va Katta Chilonzor koʻchalari oraligʻidagi segmentda qisman toʻsib qoʻyildi;

 

- Alisher Navoiy shoh koʻchasi – soat 17:00 dan 20:00 gacha Abay va Labzak koʻchalari oraligʻidagi segmentda qisman yopiladi;

 

- Paxtakor koʻchasi - Alisher Navoiy shoh koʻchasidan “Paxtakor” stadionigacha boʻlgan segmentda soat 14:00 dan 23:00 gacha toʻliq blokirovka qilingan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish