Siyosat
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 14-sentyabr kuni SHHTning Samarqand sammitida ishtirok etish uchun mamlakatimizga kelgan BMT Bosh kotibining siyosiy masalalar va tinchlikni barpo etish boʻyicha oʻrinbosari Rozmari DiKarloni qabul qildi. Bu haqida Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Oʻzbekiston va BMT oʻrtasidagi amaliy hamkorlikning istiqbolli yoʻnalishlari, dolzarb xalqaro masalalar, mamlakatimizda 2030-yilga qadar Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish borasidagi ishlar yuzasidan batafsil fikr almashildi.
Rozmari DiKarlo Prezident Shavkat Mirziyoyevga samimiy qabul uchun minnatdorlik bildirdi. BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrishning salomini yetkazib, u 2022-2026-yillarda Yangi Oʻzbekistonni rivojlantirish strategiyasi doirasida amalga oshirilayotgan islohotlarni qoʻllab-quvvatlashini bildirdi.
Keyingi yillarda Oʻzbekistonning BMT tuzilmalaridagi ishtiroki faollashgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Mamlakatimiz tashabbusi bilan BMT Bosh Assambleyasining mintaqaviy hamkorlik va oʻzaro bogʻliqlikni ilgari surishga qaratilgan beshta rezolyutsiyasi qabul qilindi.
Oʻzbekiston 2020-2021-yillarda FAOning Yevropa va Markaziy Osiyo boʻyicha 32-mintaqaviy konferensiyasida raislik qilgani, BMTning Inson huquqlari boʻyicha kengashiga aʼzo boʻlib kirgani, YUNESKOning kichik yoshli bolalar tarbiyasi va taʼlimi boʻyicha jahon konferensiyasi va Jahon sayyohlik tashkilotining (YUNVTO) Bosh assambleyasini oʻtkazishni rejalashtirayotgani alohida taʼkidlandi.
Tomonlar Orol dengizi halokatining oqibatlarini yumshatish, Afgʻonistonda tinchlik oʻrnatish va afgʻon xalqiga koʻmaklashish loyihalarini amalga oshirish, Markaziy Osiyoda barqaror taraqqiyotni ilgari surish va oʻzaro bogʻliqlikni mustahkamlash borasidagi hamkorlikni mustahkamlashga kelishib oldilar.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q