Jamiyat
“Milliy tiklanish” partiyasi yaxshi ishlagan deputatlarga oltindan ishlangan koʻkrak nishoni sovgʻa qilishni yoʻlga qoʻyyapti. Oltin nishonning ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan suratlari koʻplab muhokamalarga sabab boʻlmoqda. Rasmda oʻrtasida Humo qushi tasvirlangan doira shaklidagi, chekkasiga “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi deya yozilgan nishon va unga doir maʼlumotlar tasvirlangan.
Haqiqiylik sertifikati
Maxsulot nomi: “znachok”
Oltin: 585 proba
Ogʻirligi: 3.92 gramm
Maʼlumotlarga koʻra, bu taklif shahar kengashidan chiqqan. Nishon haqidagi mavzuga “Milliy tiklanish” demokratik partiyasining Toshkent shahar kengashi raisi Otabek Jiyanboyev quyidagicha izoh bergan.
“Bu bizning tashabbusimiz. Yil oxirida baribir faol deputatlarning nominatsiyasini qilamiz. Xalqqa xizmat qiladigan, ijtimoiy tarmoqlarda, deputatlik soʻrovlarini chiqarishda faol boʻlgan deputatlarimizning reytingini tuzamiz. Asosan tuman deputatlariga urgʻu beramiz”, deydi Jiyanboyev.
Uning soʻzlariga koʻra, ragʻbatlantirish ishlari bundan oldin ham boshqa koʻrinishda amalga oshirib kelingan. Lekin aynan nishon masalasi buncha muhokamaga sabab boʻlayotganidan oʻzi ham hayratga tushayotganini yashirmay, deputatlarni ragʻbatlantirish oldindan boʻlgani haqida fikr bildirdi:
“Oʻtgan yillari “iWatch” berardik. Partiyamizning oʻzida mablagʻ boʻlmaydi. Faqat homiylik asosida bunday ishlar amalga oshiriladi. Oʻzimizning shahsiy mablagʻlar hisobiga bir yilda bir marta partiya, shahar tizimida ishlayotgan deputatlar, partiyaning eng faol xodimlariga ragʻbat sifatida tashakkurnoma bilan birgalikda koʻkrak nishoni taqdim qilinishi boʻyicha oʻzimiz nizom ishlab chiqib, oʻzimiz amalga oshiryapmiz”.
Ushbu nishonlar kimning mablagʻlari hisobiga yasalayotgani haqidagi savolga Kengash raisi quyidagicha javob qaytargan:
“4-5 nafar faol deputatlar bor. Birinchisiga men oʻzim homiylik qildim. Narxi unaqa qimmat ham emas, 2 mln 200 ming soʻm turadi. Bu koʻkrak nishoni 60 ta deputat yoki boshqa partiya xodimlari orasidan eng faollariga beriladi”.
Jiyanboyevning qoʻshimcha qilishicha, hozircha koʻkrak nishonidan faqat bittagina yasalgan. Sertifikatda uning “znachok” deb atalishi esa ularga bogʻliq emas. Buni nishonga sertifikat taqdim etgan kompaniya yozgan.
“Biz hali bittagina nishon yasattirgan edik. Shuncha shov-shuv boʻlib ketdi. Suratdagi raqamlar esa bu nishonlarning soni emas, uning ID raqami”, deydi Otabek Jiyanboyev.
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q