Jamiyat
26-oktabr kuni Toshkent markaziy temiryo‘l vokzalida Toshkent metropoliteni uchun keltirilgan 20 ta zamonaviy metro vagonlarining taqdimoti bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ matbuot xizmati.
Aytilishicha, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ O‘zbekiston Prezidentining “Toshkent metropolitenining yerusti liniyasi uchun o‘nta metro poyezdini sotib olish loyihasini amalga oshirish to‘g‘risida”gi qarori ijrosi yuzasidan Toshkent metropoliteni oldiga qo‘yilgan majburiyatlarni bajardi.
Poytaxtimiz metropoliteni uchun yangi ishlab chiqarilgan vagonlar zavodda o‘zgacha usulda bo‘yalgan. Vagonlarning yon tarafi va eshiklari oq rangda. Butun harakat tarkibi bo‘ylab gorizontal ravishda O‘zbekiston milliy bayrog‘inining ranglari mujassam etgan chiziq tortilgan. Poyezdning tom qismi havorang tusda, old qismi esa qora rangga bo‘yalgan. Shuningdek old qismida yo‘nalishni ko‘rsatuvchi elektron satr joylashgan bo‘lib “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ ramzi aks etgan.
2021-yil oxiriga qadar yana 20 ta metro vagoni Toshkentga yuborilishi rejalashtirilmoqda. 2019-yilda metropolitenning 20 vagondan iborat birinchi partiyasi Toshkentga yetib kelgandi. 2021-yilning avgust oyida esa “Metrovagonmash” AJ O‘zbekistonga yana 20 ta metro vagonini jo‘natgan.
Ma’lumot uchun, “Metrovagonmash” AJ va Toshkent metropoliteni 40 metro vagonini ishlab chiqarish bo‘yicha shartnomani 2021-yilning aprel oyida imzolagan. Moliyalashtirish manbalari Rossiyaning Rivojlanish va tashqi iqtisodiy aloqalar davlat banki va Rossiya eksport-import banki kreditlari hisoblanadi.
Yangi vagonlar bir qator texnik imkoniyatlar va afzalliklarga ega:
- Vagonlar orasidagi germetik “garmoshka” ko‘rinishidagi o‘tish joylari yo‘lovchilar uchun poyezdning boshdan oxirigacha o‘tish imkonini beradi va bu bilan harakat tarkibining sig‘imini oshiradi.
- Yo‘lovchilar saloniga har bir tomonda to‘rttadan bo‘lgan avtomatik va ikki qavatli eshiklar o‘rnatilgan. Eshiklar 12 foizga kengaytirilgani sababli yo‘lovchilar tasodifan qisilib qolishining oldi olingan.
- Salondagi haroratni o‘rnatilgan konditsioner, isitish va shamollatish tizimi ta’minlab turadi. Shuningdek, shiftda maxsus himoya qutilari ichida joylashgan va havoni ultrabinafsha lampalar yordamida zararsizlantirish tizimi qo‘llangan.
- Har bir vagon telekanallar translyatsiyasi imkoni bilan birga, yo‘lovchilarga zamonaviy ma’lumot uzatish tizimi bilan ta’minlangan.
- Har bir vagon videokuzatuv tizimi bilan jihozlangan, har bir vagonda shift kameralari, shuningdek, shoshilinch aloqa bloklari ustida ham kameralar mavjud, yong‘inni avtomatik payqash va o‘chirish tizimi ham mavjud.
- Mashinist kabinasida yo‘llar hamda harakatlanuvchi sostav vagonlari eshiklarini videokuzatuv tizimi monitori joylashgan.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q