Iqtisod
“Kapitalbank” matbuot xizmati xabariga koʻra, bankda naqd pul oqimlari va operatsiyalari shaffofligini taʼminlash maqsadida maʼmuriyat tomonidan komplayens nazorat kuchaytirilmoqda.
12-sentyabrdan boshlab Oʻzbekiston Respublikasining norezident jismoniy shaxslari banklarda hisobraqamlarini faqat quyidagi hollarda ochishlari mumkin:
Oʻzbekiston fuqarolari uchun bank hisobvaraqlari va omonatlarini ochish shartlari oʻzgarishsiz qolmoqda.
“Ipak yoʻli” banki maʼlum qilishicha, 12-sentyabrdan boshlab norezidentlar uchun hisobvaraqlar ochish (shu jumladan, plastik kartalar va mobil ilovada identifikatsiya qilish) faqat bank bosh ofisidagi operatsion boshqarmada amalga oshiriladi.
Bankning qolgan barcha filiallari norezidentlar uchun hisobvaraq ochish uchun arizalarni vaqtincha qabul qilmaydi. Yuqoridagi oʻzgartirishlar joriy yilning 12-sentyabriga qadar ochilgan norezidentlarning xizmat koʻrsatish hisobvaraqlariga taalluqli emas.
Siyosat
Jahon
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q