Jamiyat
Oʻzbekistonda davlat xizmatchilarining eng kam yillik mehnat taʼtili 27 kunga uzaytirilishi mumkin, deya xabar bermoqda Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi matbuot xizmati.
Xabarga koʻra, ushbu oʻzgarish belgilangan yangi tahrirdagi Mehnat kodeksi loyihasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi tomonidan uch oʻqishda qabul qilinib, Senatga joʻnatildi.
Hujjat bilan xodimlarga yillik asosiy mehnat taʼtilining eng kam muddatini 21 kalendar kunga uzaytirish taklif etilmoqda. Amaldagi kodeksda esa bu muddat kamida 15 ish kuni etib belgilangan.
Yangi kodeksda, shuningdek, davlat xizmatchilariga beriladigan yillik asosiy uzaytirilgan mehnat taʼtilining aniq muddati belgilab qoʻyilmoqda. Yaʼni davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari xizmatchilariga davomiyligi 27 kalendar kun boʻlgan har yilgi asosiy uzaytirilgan taʼtil berilishi mumkin.
Amaldagi tartibga koʻra, 15 ish kunidan iborat taʼtil davlat xizmatchilariga ham tatbiq qilib kelingan va bu muddat jamoa shartnomasiga koʻra beriladigan qoʻshimcha taʼtil hisobiga uzaytirilishi mumkin boʻlgan. Kodeks ushbu koʻrinishda qabul qilinsa, davlat xizmatchilari uchun kamida 27 kunlik mehnat taʼtili kafolatlanadi.
Loyihaga koʻra, davlat xizmatchilarining ayrim toifalari uchun qonunlarda belgilangan yillik mehnat taʼtilining 27 kundan ham uzoqroq muddatlari oʻz kuchida qoldiriladi va 27 kunlik muddat ushbu uzaytirilgan taʼtillarga tatbiq etilmaydi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q