Oʻzbekiston birjasida shakar va un narxi pasaydi

Saqlash
10:09 / 13.09.2022 554 0

Oʻtgan hafta davomida yaʼni 5 – 11-sentyabr kunlari “Oʻzbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi”ning barcha savdo platformalarida 2 688,9 mlrd soʻmlik tovarlar sotilgan boʻlib, bu avvalgi haftaga nisbatan 35,6 foizga yuqoridir. Bu haqida kompaniyaning matbuot xizmati maʼlum qildi.

 

Bunda sotuvlarning

 

  • 80,7 foizi — birja savdolari;
  •  
  • 0,5 foizi — koʻrgazma-yarmarka savdolari;
  •  
  • 18,6 foizi — elektron davlat xaridlari;
  •  
  • 0,2 foizi — avtoraqamlarning onlayn auksioniga toʻgʻri keldi.

 

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari ishtirokida tuzilgan bitimlarning umumiy hajmi 721,6 mlrd soʻmni tashkil qildi. Davlat xaridlari tizimlarida oʻtkazilgan elektron savdolar natijasida byudjet va korporativ buyurtmachilarining qariyb 99,9 mlrd soʻmlik mablagʻlari tejaldi.

 

Koʻrib chiqilayotgan davr mobaynida onlayn auksion orqali 1 672 ta avtoraqamlar sotildi, sotilgan davlat raqam belgilarining umumiy summasi 5,7 mlrd soʻmni tashkil qildi.

 

Raqobatli savdolar natijasida bitimlarning 4,8 foizi birinchi toifadagi avtoraqamlarga, 9,4 foizi ikkinchi, 10,6 foizi uchinchi, 13,3 foizi toʻrtinchi, 19,6 foizi beshinchi va 42,2 foizi oltinchi toifa avtoraqamlarga tegishlidir.

 

Birja savdolari

 

Koʻrib chiqilayotgan davrda ochiq birja savdolari orqali jami 2 169,8 mlrd soʻmlik tovar resurslari sotildi. Sotuvchi korxonalar mahsulotlarni tasdiqlangan jadvallarga rioya qilgan holda birja savdolariga qoʻyishdi, shu jumladan:

 

Un

5-9-sentyabr kunlari oʻtkazilgan savdo natijalariga koʻra birjaning un bozori narx boʻyicha pasayishni namoyon etdi. Hafta davomida birja savdolariga 66 667 tonna un qoʻyildi va uning 27 255 tonnasi yaʼni 41 foiz qismi sotildi. Oʻtkazilgan savdolarda har kuni oʻrtacha 1 460 xaridor ishtirok etdi.

 

Koʻrib chiqilayotgan davrda 1-navli un boʻyicha shakllangan kunlik oʻrtacha narxlar mahsulotning bir tonnasi uchun 4 819,4 ming soʻmdan 4 807 ming soʻmgacha pasaydi. Unning oʻrtacha kunlik sotuv hajmi 5 451,0 tonnani tashkil qildi.

 

Oʻtkazilgan birja savdolari natijasida 1-navli un boʻyicha shakllangan oʻrtacha haftalik narxi mahsulotni bir tonnasi uchun 4 750,7 ming soʻmni tashkil etdi.

 

Shakar

Birjaning shakar bozorida narxlar pasayishi qayd etildi. Hafta davomida birja savdolariga 12 503 tonna shakar qoʻyildi va uning 11 052 tonnasi yaʼni 88,4 foiz qismi sotildi. Oʻtkazilgan savdolarda har kuni oʻrtacha 475 xaridor ishtirok etdi.

 

Koʻrib chiqilayotgan davrda shakarning barcha kategoriyasi boʻyicha shakllangan kunlik oʻrtacha narxlar mahsulotning bir tonnasi uchun 12 366,5 ming soʻmdan 11 946,9 ming soʻmgacha yaʼni 3,4 foizga pasaygan.

 

Oʻtkazilgan birja savdolari natijasida mahalliy shakarning S-2 — kategoriyasi boʻyicha shakllangan oʻrtacha haftalik narxi mahsulotni bir tonnasi uchun 12 412,7 ming soʻmni tashkil etdi.

Poliyetilen

Oʻtgan hafta mobaynida birja savdolariga 3 891 tonna poliyetilen qoʻyildi va uning 3 791 tonnasi yaʼni 97,4 foiz qismi sotildi. Poliyetilenning oʻrtacha kunlik sotuv hajmlari 758 tonnani tashkil qildi.

 

Koʻrib chiqilayotgan davrda poliyetilenning barcha markalari boʻyicha shakllangan kunlik oʻrtacha narxlar mahsulotning bir tonnasi uchun 21 272,8 ming soʻmdan 14 778 ming soʻmgacha yaʼni 30,5 foizga pasaydi. Oʻtkazilgan savdolarda har kuni oʻrtacha 87 xaridor ishtirok etdi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish